Foto: Pinterest
Eng katta yutuqlar kichik o‘zgarishlar va oddiy odatlardan boshlanadi. Agar har kuni yangi foydali odatga 15 daqiqa vaqt ajratilsa, bir yil ichida ajoyib natijalarga erishish mumkin. Buning yaxshi tomoni shundaki, ular o‘z-o‘zidan, deyarli sezilmaydigan tarzda sodir bo‘ladi. Yilning har oyida kichik tajriba o‘tkazish va hayotga bitta kichik o‘zgarish kiritish tavsiya etiladi. Shunda 12 oy ichida yanada ko‘proq energiya va salomatlikka erishish mumkin.
1-oy: Har hafta uxlashga 15 daqiqa oldin yotish
Salomatlik uchun qila oladigan eng yaxshi va eng muhim narsa bu uyquni yaxshilashdir. Tungi yaxshi dam olish yurak-qon tomir tizimini normallashtiradi, metabolizm tezligini qo‘llab-quvvatlaydi, stressni yengishga yordam beradi va qarishni sekinlashtiradi, hatto saraton kasalligidan himoya qiladi. Erta yotish uchun to‘liq bo‘sh vaqtni topish oson emas. Lekin agar har hafta 15 daqiqa qo‘shilsa, bir oy ichida bir soat ertaroq uxlash imkoniyati paydo bo‘ladi.
2-oy: Quyoshdan himoyalovchi krem surtish
Dermatologlarning ogohlantirishicha, ko‘pchilik terisini quyoshdan yetarli darajada himoya qilmaydi. Shu bilan birga, ultrabinafsha nurlaridan himoyalangan mahsulotlardan muntazam foydalanish teri saratonining oladi. Himoya indeksi kamida 30 bo‘lgan kremni olish va undan har kuni foydalanish kerak, hatto tashqarida havo bulutli bo‘lsa ham, plyajga emas, balki ofisga borilganda ham. Shu unutmaslik kerakki, bosh, qo‘llar, yuz terisi hamisha himoyaga muhtoj.
3-oy: Yurakni asrash va uning salomatligini mustahkamlash
Yurak kasalligi erkaklar va ayollar o‘limining asosiy sababi bo‘lib qolmoqda. Buni shifokorlar eslatishdan charchamaydi: hayot tarzi yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfiga juda katta ta’sir qiladi. Yurak kasalliklarining oldini olishning eng samarali usullaridan biri bu − yurishdir. Kuniga atigi 15-30 daqiqa kardiomashg‘ulotlari xavfni sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi. Mashq qilish o‘rniga ertalab bir oz yurish, ishdan keyin kechqurun sayr qilish − og‘ir kundan keyin stressdan xalos bo‘lishga yordam beradi, lift o‘rniga zinadan chiqish odati ham yurak salomatligini saqlashda foydali. Albatta, yiliga bir marta yurakning profilaktik tekshiruvini o‘tkazish, uning kuchli va sog‘lom holatiga ishonch hosil qilish lozim.
4-oy: Ko‘rish qobiliyatiga g‘amxo‘rlik qilish
Ko‘rlik yoki qisman ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish xavotiri eng keng tarqalgan qo‘rquvlardan biridir, ammo shunday bo‘lsa-da, ko‘pchilik ko‘rish qobiliyatini himoya qilishga unchalik shoshilmaydi. Masalan, eng oddiy − ko‘zni ultrabinafsha nurlanishidan himoya qilish. Mart − quyosh chindan porlaydigan birinchi oy, ultrabinafsha nurlaridan himoyalangan ko‘zoynak taqish odatini rivojlantirish uchun eng zo‘r vaqtdir. Ayni paytda bu kichik narsa nafaqat ko‘zni himoya qiladi, balki ko‘z atrofdagi nozik terini ham asraydi.
5-oy: Ko‘proq sabzavot va mevalar iste’mol qilish
Besh porsiya yangi sabzavot va meva oshqozon-ichak trakti sog‘lom bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan kunlik minimaldir. Ishni har bir taomga bitta sabzavot yoki meva qo‘shishdan boshlash unchalik qiyin emas, natija esa tez orada seziladi.
6-oy: Grippga qarshi emlanish
Emlanish uchun eng yaxshi vaqt − oktabr. Immunitet to‘liq rivojlanishi uchun kamida ikki hafta kerakligini unutmaslik kerak, gripp mavsumini kuchga to‘lib kutib olish uchun imkon qadar erta emlangan yaxshi.
7-oy: Kamroq shakar iste’mol qilish
Agar shakar qo‘shilgan qahva yoki choy ichishga odati bo‘lsa, kuniga bir stakanga 50 foizdan kamroq shakar qo‘shib yoki shunchaki asal bilan almashtirish tavsiya etiladi. Yana bir oson yo‘l − bir kunlik shirinlikni quritilgan mevalar bilan almashtirish. Bularning barchasi kichik narsalar va ular ko‘p harakat talab qilmaydi, natija esa quvontiradi.
8-oy: Kichikroq idishlardan ovqatlanish
Ko‘pincha inson o‘ziga kerak bo‘lganidan 15-20 foiz ortig‘i bilan juda tez ovqatlanadi. Sekinroq ovqatlanish va ovqatlanayotganda boshqa narsalarga chalg‘imaslikdan ham yaxshiroq odat bor. Kichikroq idishlarni sinab ko‘rish: kichikroq idishlar ham vizual ravishda yetarli bo‘lib ko‘rinadi va me’yorida taom tanovul qilinadi.
9-oy: Tibbiy tekshiruvni tashkil qilish
Bir necha kun ajratib, salomatlik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tish lozim. Qon va peshob tahlili, muhim organlar − yurak, qalqonsimon bez, qorin bo‘shlig‘ini ultratovush tekshiruvidan o‘tkazish tavsiya etiladi. Shuningdek, ginekolog va mammolog, stomatolog va oftalmolog ko‘rigiga ham yozilishni unutmaslik kerak.
10-oy: Uglevod miqdorini kamaytirish
Hammasini ham emas, balki bo‘sh uglevodlar miqdorini kamaytirish kerak. Boshqa uglevodlar tana uchun zarurdir va ularni yetarli miqdorda iste’mol qilish juda muhim. Ularni sabzavot, dukkakli va don mahsulotlaridan olish mumkin. Oq guruchni jigarrang guruch bilan, odatdagi garnir o‘rniga dukkaklilar, nonushta uchun jo‘xori uni iste’mol qilish kerak. Bu bilan nafaqat sog‘liqqa g‘amxo‘rlik qilinadi, balki vazn ham saqlanadi.
11-oy: Kuniga kamida meditatsiyaga 5 daqiqa ajratish
Stress insonning doimiy hamrohi va sog‘liqni yashirincha buzadigan ko‘rinmas dushmandir. Meditatsiya kundalik stress bilan kurashish, uning ta’sirini kamaytirish yoki hatto yo‘q qilishning eng oson va eng samarali usulidir. Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, meditatsiya xursandchilik darajasini oshiradi, bu yilning eng qayg‘uli oyida, albatta, kerak.
12-oy: Ichkilikni tashlash
Karantin − stress, yolg‘izlik, biror narsa bilan o‘tishi kerak bo‘lgan ortiqcha vaqt. Bu juda xavfli kombinatsiya. Ba’zida bularning barchasi zararsiz bo‘lib tuyuladi, lekin aslida spirtli ichimliklarning har biri turli kasalliklarning rivojlanish xavfini oshiradi, shuningdek, metabolizmni buzadi va uyquga yomon ta’sir qiladi. Spirtli ichimliklardan butunlay voz kechish qiyin bo‘lsa, uning miqdorini oz-ozdan kamaytirish tavsiya etiladi. Natijada ushbu zararli odat asta-sekin bartaraf etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi