22:27 / 07.02.2022
1 378

Boshni yuvib, sochlarni quritmay ko‘chaga chiqish organizmga qanday xavf tug‘diradi?

Boshni yuvib, sochlarni quritmay ko‘chaga chiqish organizmga qanday xavf tug‘diradi?
Foto: Pinterest
Hamma bolaligida «Bosh kiyimingni kiy, ho‘l sochlar bilan yurma, aks holda kasal bo‘lasan!» degan gaplarni eshitgan. Xo‘sh, onalarning qo‘rquvi qanchalik asosli edi? Rostdan ham quritilmagan sochlar shamollashga olib kelishi mumkinmi?

Ma’lum bo‘lishicha, odam shamollash, gripp, pnevmoniya yoki meningit bilan faqat yuqumli bakteriya yoki virus yuqtirib olgandagina kasal bo‘lishi mumkin. Sovuqda ho‘l sochlar bilan yurish bunga qandaydir tarzda ta’sir qilishi mumkinmi? Faqat qisman. «Ba’zi tadqiqotlar ob-havo sharoitlari laboratoriya sichqonlarida mahalliy immunitetning pasayishiga ta’sirini isbotladi», – deydi Boston klinikasi Vinchester kasalxonasi mutaxassislari, ammo ular uchun sinovlar sun’iy ravishda yaratilgan. Shunday qilib, agar 40 daraja sovuqda ho‘l bosh bilan tashqariga chiqish rejasi bo‘lmasa, immunitetning pasayish xavfi minimaldir.

Bu masala bo‘yicha birlamchi tibbiy yordam shifokorlari jamoasi mutaxassislari ham oydinlik kiritdi: «Tana haroratining pasayishi o‘z-o‘zidan shamollashni keltirib chiqarmaydi. Virus shilliq pardalar bilan aloqa qilganda va immunitet reaksiyasini qo‘zg‘atganda kasallik paydo bo‘ladi. Nam sochlar hech qanday tarzda infeksiya bilan aloqa qilish qobiliyatiga ta’sir etmaydi. Ammo ko‘chaga nam sochlar bilan, ustki kiyimsiz va poyabzalsiz chiqish bu sovuqdan ham yomonroq va oxiri o‘lim bilan tugaydigan gipotermiya, ya’ni o‘ta qattiq sovqotishga olib kelishi mumkin».

Bolalarda issiqlikning bosh orqali chiqishi faolroq bo‘ladi va ulardagi gipotermiya tezroq paydo bo‘ladi. Shuning uchun bolalarning boshi doimo quruq holatda bo‘lishi kerak.

Ammo ma’lum bo‘lishicha, bu hammasi emas. Sovuq ob-havo organizmga qo‘shimcha xavf tug‘diradi.

Otit – tashqi, o‘rta yoki ichki quloqning tuzilmalarida yallig‘lanish. LOR kasalliklari odatda patogenlar – streptokokklar, stafilokokklar, anaerob bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar tomonidan qo‘zg‘atiladi. Sovuq mavsumda infeksiya xavfi ortadi, quloqning sovqotishi paytida ba’zida immunitetning pasayishi kuzatiladi.

Furunkuloz – furunkullarning paydo bo‘lish mexanizmlari. Soch follikulalarining chuqur yiringli yallig‘lanishi hali ham to‘liq o‘rganilmagan. Ammo ma’lumki, terlash va yog‘ sekretsiyasining ko‘payishi, noto‘g‘ri ovqatlanish, metabolik kasalliklar, immunitet faolligining pasayishi, shu jumladan, terining sovqotishidan kelib chiqqan holda, ularning paydo bo‘lishiga yordam beradi.

Yuz va ensa nervlarning nevriti. Nervlarning yallig‘lanishi og‘riqli va davolash qiyin bo‘lgan patologiya hisoblanadi. Yaxshisi, bunday kasallikka chalinmaslik kerak.

Gaymorit, frontit, sinusit. Ushbu kasalliklar oddiy burun bo‘shlig‘idan suyuqlik chiqishi buzilganida, shamollashdan qolgan kuchli asoratlar sifatida rivojlanadi. Buning sabablaridan biri ham sovqotishdir.

Stenokardiya. Yurak-qon tomir kasalliklariga moyil bo‘lgan odamlarda kuchli sovqotish, keyinchalik stenokardiya hujumini qo‘zg‘atishi mumkin.

Soch to‘kilishi. Sovuq havo ho‘l soch va teriga ta’sir qiladi. Bunda haroratning pasayishi sochlarning holatiga zarar yetkazadi, ularni oziqlantirishdan mahrum qiladi, o‘sishini sekinlashtiradi. Bosh terisining muzlashi bilan sochlar to‘kilishi mumkin.

Manba: daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Boshni yuvib, sochlarni quritmay ko‘chaga chiqish organizmga qanday xavf tug‘diradi?