Foto: Prezident matbuot xizmati
Joriy yilning 17 may kuni «Raiffeisen Research» tomonidan «O‘zbekiston iqtisodiyotiga nazar: Polsha va Ukraina izidan» (Uzbekistan Economic Insights: On the footsteps of Poland and Ukraine) nomli tahliliy hisobot chop etildi.
«Raiffeisen Research» – Avstriyaning ikkinchi yirik banki «The Raiffeisen Banking Group»ning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, uning tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar, jumladan «Raiffeisen Bank International AG» hamda korporativ mijozlar uchun keng qamrovli makroiqtisodiy tadqiqotlar va kapital bozorlari bo‘yicha tahlillarni amalga oshiradi.
«Raiffeisen Bank International AG» investitsion banki – «The Raiffeisen Banking Group» tarkibiga kiradi va asosiy faoliyatini Avstriya hamda Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasida olib boradi.
«Raiffeisen Bank International AG» O‘zbekiston bilan ko‘p yillik hamkorlik tajribasiga ega bo‘lib, «Sanoatqurilishbank» ATB, «Ipoteka-bank» ATIB va «Uzauto Motors» AJning korporativ obligatsiyalarini chiqarish va xalqaro moliya bozorlarida joylashtirishda faol ishtirok etgan.
Hisobot mualliflarining fikriga ko‘ra, keng miqyosdagi islohotlar dasturi ortidan O‘zbekiston o‘zini Markaziy Osiyoning «Polsha»si sifatida tanitdi. Jahon moliyaviy inqirozi davrida (2008-2009 yy.) Polsha kabi O‘zbekiston ham 2020 yilgi koronavirus pandemiyasi inqirozi sharoitida ijobiy iqtisodiy o‘sishni saqlab qolib, muqarrar iqtisodiy inqirozning oldini olishga erishdi.
Bunga hisobotda bir qator iqtisodiy faktorlar asos qilib ko‘rsatildi. Xususan:
- O‘zbekistonda nisbatan yuqori iqtisodiy o‘sish inqirozga qarshi samarali iqtisodiy siyosat natijasidir.
Bu, o‘z navbatida, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘rtacha YaIM o‘sish – 2,5 foizga nisbatan yuqori hisoblanadi.
Ta’kidlash lozimki, uzoq muddatni ko‘zlagan oqilona iqtisodiy siyosat, bardoshlilik hamda inqirozni samarali boshqarish O‘zbekistonga mintaqa mamlakatlariga nisbatan yuqori iqtisodiy o‘sishni qayd etish imkonini berdi.
Shuningdek, olib borilayotgan barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan fiskal siyosat davlat qarzini sezilarli darajada (YaIMning 40 foizidan) oshirmagan holda inqirozga qarshi mazmunli kurashish uchun zamin yaratdi.
Natijada, nisbatan yuqori iqtisodiy o‘sish istiqbollari saqlab qolinib, ularning prognoz ko‘rsatkichlari 2021-2022 yillarda 5-6 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
- Institutsional islohotlarning birinchi bosqichida pul-kredit siyosati va bank tizimi isloh qilinmoqda.
Xususan, Markaziy bank mustaqil ravishda o‘zining konservativ va cheklangan yuqori foiz siyosatini yuritmoqda va bu, o‘z navbatida, inflyasion bosim yuqori bo‘lgan joriy sharoitlarda asosli hisoblanadi. Shu bilan birga, yuqori foiz stavkalari mahalliy kapital bozoriga xorijiy investorlarni jalb qilishda qo‘l keladi hamda valyuta kursida kuchli tebranishlarning oldini olishga xizmat qilishi mumkin.
Umuman olganda, ijobiy va uzluksiz kapital oqimi O‘zbekistonga keng miqyosli islohotlarni amalga oshirish jarayonida investitsion loyihalarni moliyalashtirish va joriy operatsiyalar hisobi defitsitini qoplash uchun zarurdir.
Mamlakatning 33 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi (taxminan YaIMning 60 foizi) oltin-valyuta zaxiralari 16-20 oylik import xarajatlarini qoplash uchun yetarli bo‘lib, O‘zbekistonning ushbu jarayonga yaxshi tayyorlanganligini ko‘rsatadi.
- Islohotlarni amalga oshirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda xorijiy investorlar ishtirok etmoqda.
Samarali pul-kredit siyosati va valyuta islohotlaridan so‘ng, xalqaro moliyaviy institutlar yordamida bank tizimi isloh qilinmoqda. Bunda, davlat ulushi mavjud banklarning bozor mexanizmlariga asoslangan biznes modeliga transformatsiyasi hamda 2025 yilga qadar bank tizimining jami aktivlaridagi davlat ulushini 85 foizdan 40 foizga tushirish ko‘zda tutilgan.
Maqsadli tranformatsiya bank tizimidagi raqobatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish, narxlarning barqarorlashishi va xususiy sektorning rivojlanishi, milliy valyutada kreditlashning ortishi va uzoq muddatda dollarlashuv darajasinining pasayishiga imkon beradi.
- Xalqaro banklarning O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi sezilarli darajada ortmoqda.
2019-2021 yillarda xalqaro moliya bozorlarida joylashtirilgan jami 3 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi suveren va korporativ xalqaro obligatsiyalarini sotib olish bilan birga, 7 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyalarini taqdim etgan.
G‘arb banklari tomonidan O‘zbekiston uchun ajratilgan kreditlar 2012 yilda 1 mlrd. AQSh dollaridan 2020 yilda 6 mlrd. AQSh dollariga oshgan. Uzoq muddatli istiqbolda mazkur ko‘rsatkichlarning yanada o‘sishi kutilmoqda.
Bu, o‘z navbatida, O‘zbek banklarining cheklangan depozit bazasi natijasida yuzaga kelgan moliyaviy resurslarga bo‘lgan talabini qondirishga xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”