12:49 / 01.05.2022
1 287

Prezident to‘rtta muhim vazifa qo‘ydi. Ularning mazmuni nimadan iborat?

Prezident to‘rtta muhim vazifa qo‘ydi. Ularning mazmuni nimadan iborat?
Jahonda turli iqtisodiy muammolar jadallashgani sari ijtimoiy himoya masalasining dolzarbligi ortib bormoqda. Koronavirus pandemiyasi bu masala davlat uchun qanchalik muhim ekanligini yana bir bor eslatdi.

Yaqin besh yilga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida adolatli ijtimoiy siyosat yuritish ustuvor yo‘nalishlardan biri sanaladi.

Umuman olganda O‘zbekistonda davlat siyosati darajasida aholining ehtiyojmand qismini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. 29 aprel kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur masalaga e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish bo‘yicha to‘rtta yo‘nalish belgilandi.

Birinchi yo‘nalish – ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish.

Ijtimoiy himoya doirasida ehtiyojmand aholining sog‘lig‘ini asrash, ularga g‘amxo‘rlik qilish va moddiy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettiriladi. Aholining 9 %, ya’ni 3 milliondan ortiq qishi nuroniylar bo‘lib, ularga bo‘lgan e’tibor kuchaytiriladi. Xususan, ular har yili sanatoriylarda davolanishga yuboriladi, sport bilan shug‘ullanish uchun sharoitlar yaratiladi. Keksalarning teatrlar va muzeylarga chipta olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarning dori-darmonlari, protez-ortopediya moslamalari davlat tomonidan olib beriladi, ularning jarrohlik amaliyotlari xarajatlari budjetdan qoplab beriladi.

Shuningdek, keksalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash masalasiga ham e’tibor beriladi. Jumladan, pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi. Xotira va qadrlash kuni arafasida 237 nafar urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida qatnashgan fuqarolarga 15 million so‘mdan beriladi.

Urush qatnashchilari va nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalarga har oyda oziq-ovqat va gigiyena vositalari xaridi uchun har oy 270 ming so‘m, kiyim-kechak xaridi uchun har yili 4 million so‘m ajratiladi.

Ikkinchi yo‘nalish – nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash tizimini kengaytirish.

Imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan bir necha muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda. Xususan, ularni ish bilan ta’minlashga oid quyidagi choralar belgilanmoqda:

- nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ishga olgan korxonalarga subsidiya ajratish;

- o‘zini o‘zi band qilgan va hunarmandchilik bilan shug‘ullanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratish;

- nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarlarga davlat hisobidan o‘qitish;

- sohadagi nodavlat tashkilotlari (Nogironlar jamiyati, Ko‘zi ojizlar jamiyati, Nogironlar assotsiatsiyasi, Karlar jamiyati) xodimlariga oylik to‘lash uchun davlatdan subsidiya ajratish;

Nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olish va ma’naviy kamol topishi uchun ham bir nechta chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, bog‘cha yoshidagi ko‘zi ojiz bolalar uchun bir yillik tayyorlov guruhlari tashkil etiladi, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun mo‘ljallangan maktab Brayl yozuvidagi adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlanadi.

Shu bilan birga, nogironligi bo‘lgan keksalarga ham, alohida e’tibor qaratiladi. Bunda avval ishlamagan, «Saxovat” uylaridagi yashovchi 1 mingga yaqin yoshi ulug‘ kishilarga shaxsiy xarajatlari uchun qarilik nafaqasining 20 foizi to‘lab beriladi. Shuningdek, nogironlik pensiyasi har ikki yilda pensiyasi qayta hisoblanib, ish staji va oyligiga qarab oshirib borilishi nazarda tutilmoqda.

Uchinchi yo‘nalish – mahallalarda ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish bo‘yicha yangi tizimni joriy etish.

Mamlakatimizda ijtimoiy muammolarni manzilli hal etishga e’tibor qaratilmoqda. «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari» kabi tizimlar joriy etildi. Endi bu ishlarning mantiqiy davomi sifatida bevosita mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda yordamga muhtoj oilalar birma-bir o‘rganilib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni yechishda amaliy ko‘mak beriladi. Mazkur ishlar mahallardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari tomonidan tartibli amalga oshiriladi.

Ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida 70 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar bevosita mahallada ko‘rsatiladi. Ma’sul idoraga borish imkoniyatga ega bo‘lmagan shaxslarga mahalladan turib murojaat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

To‘rttinchi yo‘nalish – ishchi-xodimlarning kafolatli himoyalash tizimini joriy etish.

Mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ijtimoiy himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ish joyini yo‘qotish, sog‘lig‘i yomonlashishi va boshqa sabablarga ko‘ra turmush sharoiti og‘irlashgan shaxslarga ko‘mak berish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham kasallik va ishsiz qolish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan kafolatli himoyalash tizimi joriy etilmoqda. Buni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi huzurida Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etiladi. Jamg‘arma joriy yilning sentabr oyida o‘z faoliyatini boshlashi kutilmoqda. Bunday ko‘rinishdagi jamg‘armalarning tashkil etish jahon tajribasida ham keng qo‘llanib kelinmoqda. Xususan, Singapur va Qatarda mazkur jamg‘armalarning tashkil etilishi ishsizlik darajasi kamayishiga va aholi turmush tarzining oshishiga olib kelgan.

Yana bir masala ham o‘z yechimini topdi. Hammaga ma’lumki, ko‘plab ish beruvchilar ayol xodimlarni ishga olish unchalik ham qiziqish bildirishmaydi. Bunga sabablardan biri ayol xodimning homiladorlik tufayli ta’tilga chiqishi va nafaqa olish sanaladi. Norasmiy sektorda ayollar ulushi 57 foizni tashkil qilayotganligi ham ayollarni rasmiy ishga olmaslik urfga kirayotganligini ko‘rsatmoqda. Buning oqibatida ayollarga homiladorlik nafaqasini to‘lanmayapti. Mazkur holatlarni oldini olish maqsadida homiladorlik nafaqasining bir qismini davlat budjeti hisobidan to‘lash tartibi joriy etilmoqda. Bu esa, albatta, ayol xodimlarning huquqlarini kafolatli himoya qilishga imkon beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident to‘rtta muhim vazifa qo‘ydi. Ularning mazmuni nimadan iborat?