23:51 / 21.07.2022
1 196

Qarzdorlik 26 mlrd. so‘mlik qarzdorlik bino va jihozlarga qaratildi

Qarzdorlik 26 mlrd. so‘mlik qarzdorlik bino va jihozlarga qaratildi
Toshkent tumanlararo iqisodiy sudining 13.09.2021 yildagi qarzdor “Xadra market” MCHJdan undiruvchi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB foydasiga jami 26.573.379.759 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdorga tegishli bo‘lgan Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani, Surankent QFY, A.Yassaviy MFYda joylashgan parrandachilik fermasi bino inshoatlari va xorijda ishlab chiqarilgan jihozlar garovga olinib, mulklar “mol-mulkni elektron onlayn-auksionda sotish uchun chiqarish to‘g‘risida”gi qarorga asosan “E-AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarilgan.

Qarzdor “Xadra market” MCHJga tegishli bo‘lgan boshlang‘ich bahosi 13.948.734.810 so‘mlik va 15.756.054.331 so‘mlik garovdagi mulklarga onlayn-auksion savdolarida sotib olish bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qiziqish bildirilmaganligi sababli takroran elektron onlayn-auksion savdolarida sotish uchun chiqarilgan bo‘lib, takroriy auksion savdolarida sotilmagan.

Shundan so‘ng undiruvchi ya’ni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB “ga mazkur mol mulklar 10 (o‘n) foiz arzonlashtirilgan holda natura tarzda qarz hisobiga qabul qilib olish taklifi berilgan va undiruvchi tomonidan mazkur realizatsiya qilinmagan mol-mulklarni o‘zida qoldirish qabul qilishga rozilik bildirgan.

Natijada qarzdorga tegishli bino inshoatlar va xorijda ishlab chiqilgan jihozlar majmuasi belgilangan tartibda baholanib, kredit qarzdorligi evaziga undiruvchi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB foydasiga 26 mlrd. 573 mln. so‘m hisobida topshirilib ijro hujjati ijrosi amalda tamomlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorlik 26 mlrd. so‘mlik qarzdorlik bino va jihozlarga qaratildi