08:00 / 03.08.2022
1 231

Soliq qarzdorligi undirildi

Soliq qarzdorligi undirildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Soliq boshqarmasining 2022 yil 16 may kungi ijro varaqasiga asosan qarzdor "KARAKALPAK STEKLOTARA" mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi davlat foydasiga jami 110 mln. 498,8 ming so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro ishi Byuroning Xo‘jayli tuman bo‘limiga kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdorga tegishli qarzdorlikni to‘lash uchun ihtiyoriy muddat berilgan, lekin, ushbu muddat ichida qarzdorligi to‘lanmaganligi sababli, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlarini olib borishga sabab bo‘lgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorga tegishli bo‘lgan ikki turdagi avtotransport vositasitalari xatlovga olingan va bu bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Shundan keyin, qarzdor tomonidan jami 110 498 792 so‘m qarzdorlik to‘liq to‘langan va avtotransport vositasi qarzdorga qaytarilgan.
Shu sababli, ijro ishi yurituvi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro eitsh to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq qarzdorligi undirildi