00:05 / 19.08.2022
1 378

Saudiyada «Vision-2030», bizda «Yangi O‘zbekiston»

Saudiyada «Vision-2030», bizda «Yangi O‘zbekiston»
Saudiya Arabistonining “Vision-2030” va O‘zbekistonning “Yangi O‘zbekiston” islohotlar dasturi o‘rtasida umumiy jihatlar mavjud. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov Arab News nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki tomonlama hamkorlikning chuqurlashuvi va savdoning rivojlanishi uchun yaxshi asos bo‘lishi mumkin. Diplomat Saudiya Arabistonining Vision 2030 dasturiga erishishi uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanini ta’kidlagan.

Har ikki davlat qalin aloqalarga ega va o‘zaro hamkorlikda oldinga qarab ketmoqda. Biz podshohlikning Vision 2030 strategiyasini kuzatib boryapmiz va uning Expo-2030’ni o‘tkazish bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz”, – degan Siddiqov.

Vazir o‘rinbosari O‘zbekiston so‘nggi besh yilda bozor munosabatlariga o‘tishni jadallashtirishga qaratilgan ichki taraqqiyot strategiyasini amalga oshirdi. Bu o‘z navbatida kichik va o‘rta biznesning o‘sishiga hamda yanada diversifikatsiya qilingan iqtisodiyot yaratilishiga olib keldi.

Uning fikricha, Saudi Vision 2030 Saudiya iqtisodiyotining yangi sektorlardan foyda olishiga hamda tadbirkorlikning rag‘batlantirishiga yordam beradi. Shu jihatdan ikki davlat taraqqiyot dasturlari bir-biriga o‘xshab ketadi.

O‘zbekiston bir necha o‘n yillar davomida faqat ayrim turdagi tovarlar, xususan, neft, gaz, oltin va paxta eksportiga qaram bo‘lib keldi. O‘z daromad manbalarini kengaytirishga harakat qilib, mamlakat tashqi investitsiyalar uchun ochildi.

Chorshanba kuni Toshkent va Ar-Riyoz 12 milliard dollar qiymatga teng 10 ta investitsion kelishuvga erishdi. Ular orasida 1500 megavatt quvvatli shamol elektrostansiyasi ham bor. Bu mamlakatga 2030 yilga kelib qayta tiklanuvchi elektr energiyasi ulushining 40 foizga yetkazishga yordam berishi mumkin.

Siddiqovning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini yanada chuqurlashtirish imkoniyati mavjud.

Raqamlar ikki davlat imkoniyatlarini to‘liq ko‘rsatib bera olmaydi. Biz Podshohlik bilan qo‘shma korxonalar sonini oshirish ustida ishlayapmiz. Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Biz Saudiyaga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilishimiz mumkin”, – deb qayd etgan diplomat.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Saudiya Arabistoni orqali o‘zbek mahsulotlarini boshqa davlatlarga ham eksport qilish mumkin.

Siddiqov ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada chuqurlashtirish maqsadida oktabrda to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yilishini aytgan. Bundan tashqari, saudiyaliklar uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi.

Tashqi ishlar vaziri Afg‘oniston masalasiga ham to‘xtalgan. Siddiqov Afg‘onistonning imkoniyatlar mamlakatiga aylanishi zarurligini ta’kidlagan. Saudiya Arabistoni ham afg‘on masalasini hal etilishidan manfaatdor. Xususan, mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘tgan yili Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari konferensiyasida ishtirok etgan. Bundan tashqari, iyunda Afg‘oniston uchun 30 million dollar ajratildi.

Afg‘oniston qo‘shnisi sifatida bizning asosiy vazifamiz u yerdagi muhtoj odamlarga yordamni o‘z vaqtida va xavfsiz yetkazish. Biz dunyo va “Tolibon” o‘rtasidagi vositachi rolini o‘ynayapmiz. Afg‘on hukumatini o‘z va’dalarini bajarishga chaqirdik”, – deb qayd etgan diplomat.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saudiyada «Vision-2030», bizda «Yangi O‘zbekiston»