
Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarning tarqalishi oldi olingan. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahar boshqarmasi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida noqonuniy ravishda mamlakatga olib kelingan dorilar saqlanishi aniqlangan.
Tadbir chog‘ida fuqarolardan biri “A.Ikromov” va “Saodat” MFY hududida noqonuniy dori vositalari saqlayotgani aniqlangan. Natijada umumiy qiymati 163,6 million so‘mni tashkil etuvchi 11 nomdagi 2 411 quti dori vositalari va tibbiy buyumlar musodara qilingan.
Barcha aniqlangan dorilar va buyumlarning sifati va kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Sifatsiz yoki qalbaki dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, tashish yoki sotish, shuningdek, dorixonalar va ularning filiallaridan tashqarida dori vositalarini realizatsiya qilish, retsept bo‘yicha o‘ziga xos dori vositalarini sotish tartibini buzish" moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar