(Tanlovga kelgan maqola)
Bugungi globallashuv davrida kurrai zaminda hamma narsa darajama-daraja o‘zgarib boryapti. Insoniyat dunyoqarashida ulkan evrilishlar ro‘y beryapti. Turli urf-odatlar asta-sekinlik bilan unutilyapti. Biroq xalqimiz ongida to‘y haqidagi dunyoqarash hamon o‘sha-o‘sha. Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Bizni kemirguvchi illatlar” maqolasida ko‘tarilgan muammolar bugun ham ochiq yara bo‘lib turibdi. Behbudiy maqola ibtidosida o‘quvchiga qarata bizni kemirguvchi illatlar sil yoki moxov kasalimikin, deb o‘ylarsiz, deydi. Yo‘q, bu illat ana shu kasallikdan ham yomonroq dardki, turkistoniylarni inqirozga uchratadigan to‘y va aza ismidagi ikki qattol dushmandir.
Biz ma’raka va to‘y uchun haftalab, oylab ishdan qolamiz. Holbuki, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam o‘likni ko‘mgandan keyin tez tarqalib ketmoqqa, marhum xonadonida uch kundan ortiq aza tutmaslikka buyuradilar.
Biz nima uchun Alloh va uning rasuli so‘ziga yoki o‘zimizga naf tegadigan hayotga amal qilmaymiz?
Shariat kitoblarida marhumning molidan isrofsiz kafan qilib dafn etishga, ortgani qarziga, undan ortgani merosxo‘rlari-farzandlariga bo‘lib berilishi amr qilinadi. Biz esa kafandan ortganini qarzga bermay, hatto yetim va mushtipar ayollarni merossiz qoldirib, ma’raka qilamiz. Bu bilan bechora o‘lik ham ortidan oilasiga yo‘qsillik va musibat qoldiradi.
“To‘y va ta’ziyaga sarf qilinadigan pullarimizni biz, turoniylar ilmga sarflasak yevropaliklardek taraqqiy etamiz, o‘zimiz ham, dinimiz ham rivoj topadi. Hozirgi holimizda davom etaversak miskinlikdan boshqa nasibamiz bo‘lmaydi!” (“Oyna” jurnali. 1915 yil, 13-son, 338-342-betlar.)
Maqola yozilganiga yuz yildan oshgan bo‘lsa-da, unda ilgari surilgan g‘oya hamon eskirmagan. To‘g‘ri, o‘sha davr muhiti, odamlar ruhiyatini bugungi kun bilan aslo solishtirib bo‘lmaydi. Bugun xalqimizning ijtimoiy-maishiy ahvoli o‘sgan. Biroq to‘y va aza borasidagi dunyoqarashimiz o‘zgarmay qolgan. Bu haqda matbuot sahifalarida, internet sahifalarida ko‘p va xo‘b yozildi. Televideniyeda ko‘rsatuvlar namoyish etildi, radioda eshittirishlar berildi. Lekin bu targ‘ibotlarning foydasi bo‘lmadi.
Iltimos, xulosa yasashga shoshilmang. Meni qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizning dushmani deb sanamang. Biz hozir aza emas, to‘y haqida fikr yuritmoqchimiz. To‘y qilaverib sillasi qurigan oila sohibining ichidagi dardlari extimolki, kimnidir to‘g‘ri xulosa qilishga undar.
Bir kuni yo‘lga chiqib, mashinaga qo‘l ko‘tarsam, Damas to‘xtadi. Haydovchidan tortinib, orqa o‘rindiqdagi matohlarni yig‘ishtirib, o‘tirib oldim.
– Bu el latta-puttalarga ko‘milib yashayveradi, opa – dedi alam to‘la ohang bilan. – Salkam bir haftadan beri Qumtepa bozoriga qatnayman. (Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumanida joylashgan buyumlar savdo majmuasi). Peshona terim bilan topgan o‘ttiz million pulimni xotinimni qo‘liga tutqazgandim. To‘y xarajatiga yetmadi. Taxmonga yaqin kelsang ko‘rpa-to‘shak ustingga ag‘anaydi. Quda tomonga, kuyovga qilingan sarpolar sanab ulgurmaysan. Kelinni uyiga kirsang naq tijorat do‘koni. Shuncha ter to‘kib bir uyum lattaga ishlabman-da. (To‘yboshi orqa salondagi yaltiroq pardaliklar, gazlamalar, kiyim-kechaklarga ishora qildi). Hali buyoqda nahorgi osh, xotin oshi, kechki bazm dasturxonini bezash turibdi. Necha kunlardan beri tushlik qilmayman, suv ichib kun ko‘raman. Bu ahmoqona harakatga tuzukroq chora ko‘radiganlar bormi? To‘ylardan o‘lib qutilaman, shekilli.
– Sizni birov majburlayaptimi, juda bo‘lsa nahorgi oshni qilmay qo‘ya qoling, – dedim.
– Nahorgi oshni qilmasam, yaqinlarimdan baloga qolaman. Birinchi navbatda ota-onam seni birovdan kam joying bormi? Ota-bobomiz qilib kelgan odatni sen qilmasang bo‘lmas. Shuncha odamning nahorgi oshiga borgansan, qilasan, deb shart qo‘yishadi.
Ha, bu ijtimoiy illat qon-qonimizga singib ketganki, achchiq tajribalar ham bu illatni ketkiza olmayapti. Poytaxtda, bilmadikku bizning Farg‘onalarda shahar ichida ham, shahar tashqarisida ham 500-600 kishilik muhtasham to‘yxonalarga guras-guras odamlar kelishadi. Shiftdagi ko‘z qamashtiradigan og‘ir qandillarni zirillatib, quloqni qomatga keltiradigan musiqalar jaranglayapti. Birov birovni eshitmaydi. Qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib iljayib qo‘yishdan nariga o‘tolmaydi.
O‘tgan yillar mobaynida pandemiya sharoitida to‘ylar biroz ixchamlashdi. Bugun esa... shaharu qishloqlarda to‘ylar avjida.
Nahorga osh, xotin oshi, “yuz ochdi” ikki yosh uchun kechki bazm avjida. Yoz kunlarida, kun misdek qizigan kunlarda ham, xotin-xalaj, bola-chaqa to‘yxonaga oshiqaverdi. Go‘dagini ko‘tarib olgan yosh onalar, qari-qartang onaxonlar ham to‘y stoli atrofida jam bo‘lishaveradi. To‘yga borib, issiq urgan yoki turli oshqozon-ichak kasaliga chalingan onalar va bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasida.
Har kuni och qoringa nahorgi oshni tanovul qilib, oshqozonda gastriti qo‘zigan, qon bosimi oshayotganlarning shikoyatini soha shifokorlari bot-bot ta’kidlashmoqda.
... Haydovchi yana hasrat qopini ochdi.
– Chuqurroq o‘ylab ko‘raylik. To‘ylarimiz tartiblarini mutlaqo o‘zgartirish vaqti kelmadimi, opa? Atigi o‘ttiz-qirq kishilik, ixcham, kamchiqim dabdabasiz to‘ylarni targ‘ib qilishning aynan bugun mavridi emasmi? Erkaklar sahar turib oshga bormasa, “yuz ochdi”, yoshlar bazmiga chek qo‘yilsa, kelin-kuyov to‘yxona to‘risiga chiqib o‘tirmasa, yoshlar bemaza-tuzsiz musiqa-qo‘shiqlarga sakrab, beo‘xshov qiliqlar qilmasa o‘zbekning obro‘si tushib ketadimi?
Erkak kishi latta-puttaning dastidan yo‘lovchiga dod deguncha, stolga bir musht urib, dahmazani yig‘ishtiramiz, desa ovoradan o‘zi qutilardi. Xullas, manzilga yetguncha nolish eshittim. Norozi bo‘lib olingan buyumlar birovga tatirmikan?
Ma’mura ABDURAHIMOVA
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi