date

Olmazorda 17 nafar fuqarolarga 1,2 mlrd so‘mlik ish haqi to‘lab berildi

Olmazorda 17 nafar fuqarolarga 1,2 mlrd so‘mlik ish haqi to‘lab berildi

Majburiy ijro byurosining Olmazor tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 10.09.2025-yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasidan 17 nafar fuqarolar foydasiga jami 1,2 mlrd so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan darhol majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan vakolatli organlar va tashkilotlardan olingan javoblarga ko‘ra, qarzdorning TBS bankida pul mablag‘lari saqlanayotganligi aniqlangan.

Shuningdek, mazkur pul mablag‘larni xatlash yuzasidan tegishli tartibda ijro harakatlari olib borilgan. Natijada, 17 nafar fuqaroning jami 1,2 mlrd so‘m ish haqlari undirib berildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olmazorda 17 nafar fuqarolarga 1,2 mlrd so‘mlik ish haqi to‘lab berildi