date

Shimoliy Koreya Rossiyaga minglab askar jo‘natgani ma’lum bo‘ldi

Shimoliy Koreya Rossiyaga minglab askar jo‘natgani ma’lum bo‘ldi

Janubiy Koreya razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil sentyabridan beri Shimoliy Koreya Rossiya hududiga qariyb 5 mingga yaqin harbiy jo‘natgan. Bu haqda Yonhap agentligi o‘z manbalari orqali xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu askarlar asosan “infratuzilmani tiklash ishlari”ga jalb etilgan. Ular orasida minalarni tozalash bilan shug‘ullanadigan maxsus sapyor bo‘linmalari ham mavjud bo‘lib, ularning soni ming nafar atrofida ekani aytilmoqda.

Janubiy Koreya parlamenti a’zosi Li Son Gvongning ta’kidlashicha, razvedka KXDRda Rossiyaga yuboriladigan shaxsiy tarkib uchun maxsus tayyorgarlik va saralash ishlari olib borilayotganini qayd etgan.

Hozirgi vaqtda Rossiya–Ukraina chegarasi yaqinida 10 mingga yaqin shimoliy koreyalik harbiylar mavjud ekani ma’lum qilingan.

2024-yil kuzida KXDR askarlari Kursk viloyatidagi janglarda ishtirok etgani haqida ilk bor xabar berilgandi. O‘shanda Ukraina va Janubiy Koreya razvedkasi ularni “rus armiyasiga yordam beruvchi bo‘linmalar” sifatida qayd etgan, Moskva esa bu ma’lumotni inkor etmagan, faqat tasdiqlamagan ham.

2025-yil aprel oyida Rossiya rasman Shimoliy Koreya harbiylarining o‘z safida jang qilganini tan oldi. Rossiya bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov prezident Vladimir Putinga hisobot berib, Kursk viloyatidagi “operatsiya muvaffaqiyatida KXDR askarlarining hissasi katta bo‘lganini” aytgan.

Kim Chen In esa avgust oyida janglarda ishtirok etgan komandirlarni shaxsan taqdirladi. Bu holat tahlilchilar tomonidan “Shimoliy Koreyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy ishtirokini tugatishi mumkin” degan fikr bilan izohlangan.

G‘arb va Janubiy Koreya manbalariga ko‘ra, Kurskdagi harbiy harakatlarda 15 mingga yaqin shimoliy koreyalik qatnashgan bo‘lishi ehtimol, ularning 500 dan 1500 nafari orasida halok bo‘lgani aytiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya Rossiyaga minglab askar jo‘natgani ma’lum bo‘ldi