2026 yildan ba’zi nafaqalar avtomatik ravishda tayinlanadi

1 daqiqa o'qish2.4K
2026 yildan ba’zi nafaqalar avtomatik ravishda tayinlanadi

O‘zbekistonda kelasi yil 1 yanvardan davlat ijtimoiy sug‘urtasining yangicha tizimi ishga tushadi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.

Prezidentning PF–206-sonli farmoniga muvofiq, yangi tartib fuqarolarga ijtimoiy himoya xizmatlarini qulay va tezkor tarzda olish imkonini yaratadi.

Yangi tizimga ko‘ra, fuqarolar sug‘urta dasturiga ikki usulda qo‘shila oladi — majburiy yoki ixtiyoriy ravishda. Majburiy sug‘urta jismoniy shaxslar daromad solig‘ining ma’lum qismi hisobidan amalga oshiriladi. Ixtiyoriy sug‘urtaga qo‘shilmoqchi bo‘lganlar esa har oy eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida badal to‘laydilar.

Sug‘urta to‘lovlari miqdori fuqarolarning to‘lov staji va to‘langan mablag‘ hajmiga qarab belgilanadi.

Yangi tizimning yana bir muhim jihati — ayrim nafaqalarni avtomatik ravishda tayinlash imkoniyatidir. 2026 yil 1 yanvardan homiladorlik va tug‘ruq nafaqasi, shu yil 1 iyuldan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi hujjat talab qilinmasdan jamg‘arma tomonidan proaktiv ravishda to‘lanadi.

2030 yildan boshlab ishdan bo‘shatilganlik nafaqasi ham shu usulda tayinlanishi rejalashtirilgan.

Takliflarga ko‘ra, nafaqa miqdori ish stajiga bog‘liq bo‘ladi: 8 yilgacha stajga ega bo‘lganlarga ish haqining 60 foizi, 8 yildan ortiq stajga egalariga esa 80 foizi to‘lanadi. Shuningdek, 4 yoki undan ko‘p farzandi bor, yoki nogiron farzand parvarishlayotgan oilalar uchun nafaqa yana 20 foizga ko‘paytiriladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?