date

Jizzaxlik shifokorga imtiyozli pensiya tiklandi

Jizzaxlik shifokorga imtiyozli pensiya tiklandi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili matbuot xizmati Jizzax viloyatidan kelib tushgan murojaat bo‘yicha axborot berdi. Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro Ombudsmanga imtiyozli pensiya tayinlash rad etilganidan shikoyat qilgan.

Fuqaro 1998-2021 yillar davomida patolog-anatomiya bo‘limida zararli mehnat sharoitida ishlagan, ammo uning ish joyi zararli deb attestatsiyadan o‘tmaganligi bois unga imtiyozli pensiya berish rad etilgan. Fuqaroning shikoyati asosida sudga da’vo arizasi kiritilgan.

Sud jarayonida fuqaroning zararli mehnat sharoitida ishlagani tasdiqlangan. Shunga qaramay, mas’ul xodim ish beruvchining sug‘urta badallarini to‘lamaganligini asos qilib, pensiya tayinlashni yana rad etgan.

Ombudsman idorasi ish beruvchining moliyaviy hisob-kitoblardagi kamchiliklari xodimning pensiya huquqini cheklay olmasligini ta’kidlagan. Shu sababli tegishli organ qarorini noqonuniy deb topish uchun yana bir da’vo arizasi sudga kiritilgan.

Natijada sud Pensiya jamg‘armasining qarorini noqonuniy deb topdi va fuqaro foydasiga pensiya tayinlashni majbur qildi. Shu tariqa fuqaroning huquqlari to‘liq tiklandi va u imtiyozli pensiyasini olishga muvaffaq bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxlik shifokorga imtiyozli pensiya tiklandi