
Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmatining xabar berishicha, “Energo Savdo” korxonasi xodimi qo‘lga olingan. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tumani boshqarmasi xodimlari ichki ishlar organlari vakillari bilan hamkorlikda maxsus tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida “Energo Savdo”ning Yakkasaroy tumani bo‘limi xodimi 25 million so‘m pora olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi. U ushbu mablag‘ evaziga mehmonxona binosining elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanishi bo‘yicha akt tuzishdan bosh tortishini va’da qilgan.
Shuningdek, tergovoldi tekshiruv davomida ushbu xodim mehmonxona boshqaruvchisi tomonidan avans sifatida berilgan yana 10 million so‘mni oldinroq olgani ma’lum bo‘ldi. U mehmonxonaga 70 million so‘mlik jarima solib, uning 50 foizini o‘ziga talab qilgan.
Aniqlangan qoidabuzarlikni esa mobil telefoni orqali videoga olgan. Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining davlat organlari, davlat ishtirokidagi tashkilotlar yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimining moddiy boyliklarni yoki moliyaviy nafni noqonuniy olishi haqidagi moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar