Nyu-York tarixida ilk musulmon mer saylandi

1 daqiqa o'qish213
Nyu-York tarixida ilk musulmon mer saylandi

Nyu-York tarixida ilk bor musulmon mer saylandi, deb xabar berdi Associated Press.

Demokratlar partiyasi nomzodi Zohran Mamdani AQSH prezidenti qo‘llab-quvvatlagan mustaqil raqibi Endryu Kuomo ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. 34 yoshli siyosatchi nafaqat shaharning eng yosh rahbari, balki uning tarixidagi ilk musulmon mer sifatida qayd etildi.

Saylovoldi kampaniyasi davomida Mamdani uy-joy ijarasi narxlarini nazorat qilish, avtobuslarda bepul yo‘lov haqi joriy etish va bolalar parvarishi xizmatlarini ommabop qilishni va’da etgan edi.

Biroq uning g‘alabasi barchaga yoqmadi. Donald Tramp saylovlar oldidan agar Mamdani g‘alaba qozonsa, Nyu-Yorkni federal mablag‘dan mahrum qilish bilan tahdid qildi. U o‘z tarafdorlarini mustaqil nomzod Kuomoga ovoz berishga chaqirdi.

Ovoz berish 4 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Mamdani Kuomo hamda Respublika partiyasidan nomzod Kyortis Slivani ortda qoldirdi. U o‘z chiqishlaridan birida Tramp va Kuomoning yaqin siyosiy qarashlarini tanqid qilib, shunday degan:

“Trampning Kuomoni qo‘llab-quvvatlashi ularning bir xil homiylar va bir xil tor dunyoqarashga egaligini ko‘rsatadi. Ular uchun javobgarlik degan tushuncha yo‘q”, — dedi Mamdani.

Ma’lumot uchun, Nyu-York har yili taxminan 7,4 milliard dollar federal mablag‘ oladi, bu shahar budjeti miqdorining 6,4 foizini tashkil etadi. Tramp esa prezidentlik davrida bir necha bor siyosiy sabablarga ko‘ra moliyalashtirishni to‘xtatish bilan tahdid qilgan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?