date

Poytaxt markazidagi muhim ko‘cha vaqtinchalik yopiladi

Poytaxt markazidagi muhim ko‘cha vaqtinchalik yopiladi

Toshkent shahrida transport harakati vaqtincha cheklanadi.

Poytaxt hokimligi ma’lum qilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Nihol ko‘chasida yo‘l ta’mirlash ishlari boshlandi. Shu munosabat bilan Milliy bog‘ ko‘chasidan aylanma harakatli chorrahagacha bo‘lgan yo‘l qismidan transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi.

Ma’lumotga ko‘ra, cheklov 5-noyabr soat 23:00 dan 6-noyabr soat 23:00 gacha amal qiladi. Haydovchilarga vaqtinchalik aylanma yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya qilinmoqda.

Hokimlik ta’kidlashicha, yo‘l ta’mirlash ishlari xavfsizlik va qulaylikni ta’minlash maqsadida olib borilmoqda. Fuqarolardan vaqtinchalik noqulaylik uchun tushunish bilan yondashish so‘raldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan Samarqand shahriga kirish yo‘llari ham vaqtinchalik yopilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Poytaxt markazidagi muhim ko‘cha vaqtinchalik yopiladi