18:23 / 28.08.2022
1 190

Abituriyent balli yetgan yo‘nalishlarining qaysi birida o‘qishni o‘zi tanlay oladimi?

Abituriyent balli yetgan yo‘nalishlarining qaysi birida o‘qishni o‘zi tanlay oladimi?
Hujjat topshirayotganda abituriyent ustuvorlikni tanlagan holda ketma-ketlik asosida 5ta yo‘nalish va ulardagi grant yoki kontraktni ham belgilagan. Kompyuter abituriyentning qaysi yo‘nalishga kirganini o‘sha ustuvorlik bo‘yicha avtomatik hisoblab ko‘rsatadi.

27 avgust kuni 2022/23 o‘quv yili uchun o‘qishga topshirgan abituriyentlarning natijalari e’lon qilindi. Natijalar chiqqach, abituriyentlarning ma’lum qismida qabul qilingan yo‘nalishlarining qaysi birida o‘qishni tanlash ixtiyoriy degan tushuncha paydo bo‘layotgan bo‘lishi mumkin.

Davlat test markazi belgilagan tartibga ko‘ra, hujjat topshirayotganda abituriyentga ustuvorlikni o‘zi tanlagan holda, ketma-ketlik asosida 5ta yo‘nalish va ulardagi grant yoki kontraktni belgilash imkoniyati beriladi. O‘sha ketma-ketlik o‘zgarmaydi.

Kompyuter abituriyentning qaysi yo‘nalishga kirganini u hujjat topshirganda belgilagan ustuvorlik asosida ko‘rib chiqadi va qaysi yo‘nalishga o‘qishga tavsiya etilganini avtomatik hisoblab, ko‘rsatib turadi.

Buni abituriyent tanlay olmaydi

Mandat.dtm.uz saytida chiqadigan elektron natijalar varaqasida qaysi yo‘nalishning usti yashil bo‘lib turgan bo‘lsa, abituriyent o‘sha yo‘nalishga grant asosida o‘qishga qabul qilingan bo‘ladi. Sariq bo‘lsa, to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan hisoblanadi.

Agar varaqada qizil rangdagi belgi chiqib tursa, talabalikka tavsiya etilmaganlikni bildiradi.

Bundan tashqari, varaqaning ostida ham abituriyentning qaysi yo‘nalishga o‘qishga kirgani yozib qo‘yilgan bo‘ladi.

Shuningdek, abituriyentning ID raqami 5100 raqamiga yoki DTMning Telegram botlariga yuborilganda, abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kodni skaner qilib ham natijani osonroq bilishmumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abituriyent balli yetgan yo‘nalishlarining qaysi birida o‘qishni o‘zi tanlay oladimi?