
Bloomberg agentligi xabar berishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp 2026 yildagi Kongressga oraliq saylovlar arafasida mamlakat bo‘ylab tashriflar sonini keskin oshirishni rejalashtirmoqda. Uning asosiy maqsadi — respublikachilar partiyasini qo‘llab-quvvatlash va Kongressdagi pozitsiyalarni mustahkamlashdir.
Manbalar ta’kidlashicha, Tramp bu qarorni o‘zining ilk prezidentlik muddati davridagi vaziyatlardan kelib chiqib qabul qilgan. O‘shanda demokratlar Kongressning Quyi palatasida nazoratni qo‘lga kiritib, bir qator qonunchilik tashabbuslarini to‘xtatgan hamda prezidentga qarshi impichment jarayonlarini boshlagan edilar.
Shu bois Tramp bu safar bunday holat takrorlanmasligi uchun kampaniya davomida mamlakat bo‘ylab faol safarlar o‘tkazish niyatida. Oq uy hozircha bu rejalar yuzasidan rasmiy izoh bermagan.
Avvalroq prezident Tramp respublikachilarni shaxsan qo‘llab-quvvatlashini va Kongressning ikki palatasida ham partiya nazoratini saqlab qolishni maqsad qilganini ma’lum qilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!