
CNN xabariga ko‘ra, Xitoy so‘nggi yillarda raketa ishlab chiqarish va raketa qo‘shinlariga tegishli harbiy obyektlar hududini jadal ravishda kengaytirmoqda.
Nashr ma’lumotlariga asosan, jurnalistlar 2020 yildan buyon yig‘ilgan sun’iy yo‘ldosh suratlari, xaritalar va hukumat ma’lumotlarini tahlil qilib, mamlakatda raketa ishlab chiqarish ko‘lami sezilarli darajada ortganini aniqlashgan.
Sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida Xitoy Qurolli kuchlarining yadroviy arsenalini nazorat qiluvchi raketa zavodlari va qo‘shinlariga tegishli 136 ta inshootning kamida 60 foizi hududida qurilish va kengayish ishlari kuzatilgani qayd etilgan.
Manbalar ta’kidlashicha, bu obyektlar tarkibiga harbiy zavodlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va sinov maydonlari kiradi. Ular 2020 yil boshidan 2025 yil oxirigacha bo‘lgan davrda minglab kvadrat metrgacha kengaygan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!