
BMT Bosh Assambleyasida, O‘zbekiston, boshqa Markaziy Osiyo davlatlari qatori anneksiya qilingan Ukraina hududlari borasida yana betaraf qolgan. Shu urush boshlangandan beri O‘zbekiston o‘zining “neytralligini” aytib keladi. Lekin neytrallik hech qachon to‘liq betaraflikni anglatmaydi. Moyillik hech bo‘lmaganda 51/49 % miqdorida bo‘ladi. Demak, savol: O‘zbekiston ko‘proq kim tarafda va nega neytrallik pozitsiyasini bildirayapti?
Nazarimda, O‘zbekistonning pozitsiyasi “Ukrainaga moyil neytrallik” yoki “pro-ukrain neytrallik” deyish mumkin. Birinchidan, Rossiya Federatsiyasi juda qudratli va agressiv davlat. Bu davlat geosiyosiy va siyosiy bosimlarni san’at darajasiga ko‘tara oldi. RF – O‘zbekistonning birinchi savdo iqtisodiy hamkori, juda ko‘p sohalarda misli ko‘rilmagan bog‘liqlik kuchli. Demak Rossiya bilan qalin munosabatlar inobatga olinsa va shu fonda O‘zbekistonning BMTda neytral qolishi nazarda tutilsa bu “qalin iqtisodiy va boshqa aloqalarga qaramay O‘zbekiston Rossiyani qo‘llab-quvvatlamadi” deyish mumkin.
Ikkinchidan, O‘zbekiston TIV shu paytgacha Ukrainadagi vaziyat borasida ko‘p marta bayonotlar berib, “davlatlarning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi”ni juda kuchli urg‘ulab keladi. Bu bilan O‘zbekiston ohista shaklda “Biz Ukrainaning hududlarini tortib olinishiga qarshimiz” demoqda.
Shulardan kelib chiqib, O‘zbekiston neytral, ya’ni ehtirosli shaklda biron bir tomonni yonini to‘liq olayotgani yo‘q. Bu neytrallikdan maqsad – mojaroga tortib ketishlariga yoki O‘zbekistonni o‘ziga agressiya bo‘lishiga imkon bermaslik. Lekin, bu neytrallik, aslida biroz Ukraina tomon og‘ishadi, chunki O‘zbekiston uchun davlatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligi – fundamental qadriyat va bu qadriyatlarga tahdid Ukraina tarafidan emas, muttasil ravishda Rossiya tarafidan sodir etilgan.
Kamoliddin Rabbimov, siyosatshunos.
Manba: Azon.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar