12:45 / 28.01.2023
471

Bo‘shatilgan 17 ming xodim taqdiri, kuchli bo‘layotgan vazirlar, byurokratiyasiz hukumat — mas’ullar izohi

Bo‘shatilgan 17 ming xodim taqdiri, kuchli bo‘layotgan vazirlar, byurokratiyasiz hukumat — mas’ullar izohi
O‘zbekistonda hukumat tarkibida yillar davomida yangi tashkilotlar tuzilishi oqibatida pala-partishlik yuzaga kelgan edi. Bu esa turli bo‘g‘indagi davlat tashkilotlarida bir-birini takrorlovchi funksiyalar ko‘payishiga olib keldi. Aniq tizim yo‘qolib qoldi, bo‘ysunuv sxemasi ham tushunarsiz holga keldi. Ma’muriy islohotlar natijasida qat’iy vertikal boshqaruv tizimi joriy etilmoqda. Boshqacha aytganda “qo‘l boshqaruvi”dan tizimli tahlil asosidagi rivojlanishga o‘tiladi.

Mazkur masalalarni tartibga solish yuzasidan prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi.

Endilikda vazirlik va idoralar qisqargan tarkib bilan qanday ishlaydi, qisqarishga tushgan xodimlarning taqdiri nima bo‘ladi va bu islohotlar qay darajada o‘zini oqlaydi? Shu va boshqa savollarga prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining mas’ul xodimlari “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida javob berdi.

Agentlik departament mudiri Alisher Eranovning aytishicha, endilikda vazirlarning mustaqilligi oshirilmoqda.

Bu degani vakolat yoki huquq emas, ularni mas’uliyati va qaror qabul qilish usuli o‘zgarmoqda. Avval har bitta vazir yoki rahbarni muayyan bitta qaror qabul qilishi uchun hukumat tarkibida kotibiyatlar, departamentlar kotibiyatga chiqib, ular bilan kelishgan, ya’ni byurokratiya bor edi. Va tabiiyki bu qaror qabul qilishni kechiktirgan. Bugun qabul qilinishi kerak bo‘lgan qaror bir hafta yoki o‘n kunga cho‘zilardi. Tayinki, ushbu holat uning natijasiga salbiy ta’sir ko‘rsatardi. Shu bois vazirlarni bosh vazir bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlaydigan mexanizm tashkil qildik. Endilikda vazir o‘z qarorini qabul qilishda hukumat rahbari bilan hech qanday bosqichlarsiz ishlashga o‘tilmoqda”, — dedi Alisher Eranov.

Uning alohida ta’kidlashicha, vazirlar ishlab chiqayotgan ish dasturlarini jamoatchilik bilan kelishgan holda amalga tatbiq etadi.

Masalan, muayyan bir sohada amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishni qanday qilish kerak, nima qilishi va qayerda qilinishi yuzasidan jamoatchilik fikri o‘rganiladi. Va o‘z navbatida dasturning ijrosi bo‘yicha ham jamoatchilikka hisob beradigan tizim yaratilmoqda”, — dedi agentlik mas’ul xodimi.

Alisher Eranovning qo‘shimcha qilishicha, vazirlarga kadrlar bilan ishlashda ham to‘liq mustaqillik berilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat