16:57 / 03.07.2023
115

Soliqlarni vaqtida to‘lab, davlatimiz ravnaqiga o‘z hissamizni qo‘shaylik!

Soliqlarni vaqtida to‘lab, davlatimiz ravnaqiga o‘z hissamizni qo‘shaylik!

Mulkchilikning turli shakllari shakllanib, rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda davlatning iqtisodiy siyosati orqali bozor iqtisodiyotini tartibga solishda soliq tizimi muhim ahamiyat kasb etadi.

Soliqlar yurtimiz farovonligi, yo‘llarimiz ravonligi, aholi salomatligiga, farzandlarimiz kelajagi uchun sarflanadi. Afsuski, ayrim fuqarolar o‘z majburiyatlarini unutib, soliq qarzlarini to‘lamasdan kelmoqda. Vaholanki, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash har birimizning fuqarolik burchimizdir.

Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha davlat budjetiga soliq qarzdorligini undirish yuzasidan soliq organlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davrida 70 mlrd. so‘mdan ortiq  soliq qarzdorligi undirilishi ta’minlandi.

Shuningdek, soliq va boshqa undiruvlar yuzasidan qarzdorlarga tegishli bo‘lgan 16 mlrd. so‘mlik mol-mulklar xatlanib, 12 ta 15 mlrd. so‘mlik mol-mulklar realizatsiya qilish uchun elektron-onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.

Misol uchun, Byuroning Karmana tumani bo‘limi ish yurituvidagi “O.O.N” agrofirmasidan soliq qarzini undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan ijro harakatlari natijasida 672 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirilib, davlat soliq boshqarmasining tegishli hisob raqamlariga yo‘naltirilishi ta’minlandi.

Soliq qarzdorligini undirishga oid ijro hujjatlari bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliqlarni vaqtida to‘lab, davlatimiz ravnaqiga o‘z hissamizni qo‘shaylik!
ePN