7 yillik strategiyada, shuningdek, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish, tug‘ruq o‘rinlari sonini 35 foizga oshirish, 2026 yilgacha kambag‘allikni 2022 yilga nisbatan 2 barobarga qisqartirish kabi maqsadlar ham o‘rin olgan.
“O‘zbekiston–2030” strategiyasining “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” yo‘nalishidagi maqsadlari belgilandi.
Aholi salomatligini ta’minlashda:
- o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish;
- tibbiyotga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmini 2 barobarga oshirish;
- tug‘ruq o‘rinlari sonini 35 foizga oshirish;
- har yili 55 va undan katta yoshdagi aholini 100 foiz tibbiy profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish.
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va kambag‘allikni qisqartirish:
- “To‘siqsiz turizm” dasturi doirasida har bir viloyatdan yiliga 1000 nafardan nogironligi bo‘lgan shaxslarning Samarqand, Buxoro va Xivaga bepul sayohatlarini tashkil qilish;
- 2026 yilga qadar kambag‘allikni 2022 yilga nisbatan 2 barobarga, 2030 yilga qadar esa keskin qisqartirish;
- kambag‘allikka tushish xavfi mavjud 4,5 million aholi daromadini oshirish;
- mehnatga layoqatli aholini, shu jumladan yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni barqaror va samarali bandligini ta’minlash orqali ishsizlik darajasini 7 foizgacha tushirish.
Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo‘nalishlaridagi islohotlar
- har yili 500 nafar iste’dodli yoshlarni xorijning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuborish;
- yoshlarning ishsizlik darajasini 14 foizdan 11 foizga kamaytirish.
O‘zbekiston 2030Aholi SalomatligiIjtimoiy XizmatlarKambag‘allikni QisqartirishYoshlar SiyosatiSport Islohotlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar