Hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 31 yilligi keng nishonlash bo‘yicha bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi xodimlari ishtirokida tumandagi 169-sonli maktabda ham “Konstitutsiya-barchamizniki” nomli badiiy kecha o‘tkazildi.
Tadbirda, maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘zlari tanlagan davlatlarning konstitutsiyasi va davlat ramzlari xususida chiqishlar tayyorlab, mazkur chiqishlar davomida qizg‘in savol-javoblar o‘tkazildi. O‘quvchilarning yangi tahrirdagi Konstitutsiyani o‘rganib tayyorlagan video roliklari maktab o‘quvchilari va tadbir mehmonlari tomonidan qizg‘in kutib olindi.
Shuningdek, tadbir qatnashchilariga munosib o‘rinlari uchun tegishli diplomlar va yangi tahrirdagi Konstitutsiya kitoblari topshirildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring