11:10 / 07.03.2024
206

O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda
O‘zbekiston fuqarolari Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi axborot xizmati ma’lumot berdi.
Xabarga ko‘ra, fuqarolar Germaniyaga yuk mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlariga taklif etiladi. Nomzodlar uchun quyidagi talablar qo‘yilgan:
  • avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnikum yoki kollej diplomi va tajriba;
  • Gyote, ECL, ÖsD yoki TЕLC'dan olingan nemis tili bo‘yicha kamida A2 sertifikat;
  • 20 yoshdan 40 yoshgacha;
  • sog‘lom, xushmuomala, mas’uliyatli bo‘lishi;
  • Ausbildung tizimi uchun maktab shahodatnomasi va Nemis tilidan kamida B1 sertifikat.

Shuningdek, quyidagi afzalliklar mavjud:
  • oylik 1700 yevrodan boshlanadi (soliqlar ushlangandan keyin);
  • Ausbildung tizimi uchun 3 yil davomida stipendiya 900 yevrodan boshladi;
  • Germaniyaga aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi hisobidan;
  • sinov muddatidan so‘ng uzoq muddatli mehnat shartnomasi imkoniyati;
  • 1 yilda 30 kun ta’til;
  • arzonlashtirilgan yashash joy topishga ko‘mak.

Ro‘yxatdan o‘tish

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda