Salondagi namlikning yuqori bo‘lishining bir necha sabablari bor. Quyida bu muammolarning yechimi haqida ma’lumot beramiz.
Nima uchun mashina oynalari terlaydi?
Yomg‘ir va qor yog‘ayotgan paytda oynalar parlanishi normal holat. Barcha avtomobillarda shunday bo‘ladi. Odatda oynalar parlansa, shamollatish orqali bundan qutulish mumkin. Agar bu yordam bermasa va derazalar muntazam xiralashsa, sababni topish va bartaraf etish kerak.
Salondagi nam narsalar
Bu ho‘l ustki kiyim va poyabzal yoki basseyn, sport zalidan qaytayotganingizda ho‘l suzish kiyimlari va sochiqlar ham bo‘lishi mumkin. Shuningdek, “polik”lar ham nam bo‘lishi mumkin.
Namlik manbayi oynalarning xiralashishiga olib keladi. Nam kurtka asta-sekin qurib, bug‘lanadi va bug‘lar havoga ko‘tariladi. Sovuq paytlarda odatda mashina oynalari yopiq bo‘lganligi sababli oynalar terlaydi.
Nima qilish kerak?
Konditsionerni yoqib, havo oqimini xiralashgan oynalarga yo‘naltiring. Agar old oynani isitish funksiyasi bo‘lsa, uni ham yoqish mumkin. Iloji boricha ho‘l narsalarni olib qo‘ying.
Mashinada odam ko‘p bo‘lsa
Har nafas olganda haydovchi yoki yo‘lovchilar havo bilan suv bug‘larini chiqaradi. Shuning uchun mashinada qancha ko‘p odam bo‘lsa, oynalar shuncha ko‘p parlanadi.
Nima qilish kerak?
Agar tashqarida yomg‘ir yoki qor yog‘mayotgan bo‘lsa, oynalarni bir oz oching. Ob-havo yomon bo‘lsa, ventilyatsiyani yoqing: pechka emas, konditsionerni, chunki u salondagi havoni quritadi.
Retsirkulyatsiya rejimini yoqish
Bu rejim tashqaridagini emas, mashina ichidagi havoni tozalab, salonni shamollatishga yordam beradi. Odatda bu rejim mashina ichidagi “strelka” bilan belgilangan tugma yordamida yoqiladi.
Bu rejim, masalan, chiqindi poligoni yoki eski yuk mashinasi yonidan o‘tayotganingizda, tashqarida yoqimsiz hid bo‘lsa, doim asqatadi. Ammo bu funksiyani uzoq vaqt yoqib qo‘ysangiz, nam havo faqat mashina ichida aylanishda davom etadi. Shu sababli quruq ob-havoda ham oynalar xiralashishi mumkin.
Nima qilish kerak?
Retsirkulyatsiya rejimini o‘chiring va konditsionerni yoqing.
Havo oqimi oyoqlarga yo‘naltirilgan bo‘lsa
Sovuq mavsumda haydovchilar ko‘pincha pechkani oyoqlarga yo‘naltiradi, chunki oyoqlar ko‘proq sovqotadi. Ammo bu holda issiq havo oynalargacha yetib bormaydi. Shuning uchun oynalar terlashda davom etadi.
Nima qilish kerak?
Havo oqimini oynalarga yo‘naltiring. Agar old oyna xiralashgan bo‘lsa, havo oqimini unga qarating. Agar orqa oyna xiralashgan bo‘lsa, orqa oynani isitish funksiyasini yoqing.
Ifloslangan salon filtri
Filtrni tez-tez almashtirish kerak. Salon ichidagi havo tozaligi unga bog‘liq. Bu element yozda chang va tuklar bilan, qishda esa tuz va kimyoviy moddalar bilan tezda to‘lib qoladi. Natijada yetarlicha havo o‘ta olmaydi.
Shu sababli kuz va qish oylarida oynalar juda tez xiralashadi. Mashina ichidagi namlikni quritish uchun yangi havo oqimi yetarli bo‘lmaydi.
Nima qilish kerak?
Namgarchilik boshlanishidan oldin salon filtrini almashtiring. Odatda u asboblar paneli ostida yoki kapot ostida joylashgan bo‘ladi. Uning aniq joylashuvini avtomobil foydalanish qo‘llanmasidan bilib olasiz.
Oynalar xiralashmasligi uchun nima qilish kerak?
Maxsus kimyo vositalaridan foydalanish mumkin. U “Antizapotevaniye” deb ataladi va ko‘pincha sprey shaklida sotiladi. U oynalarda kondensat hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi qoplama yaratadi. Muhim: vositani quruq va toza ichki oynaga sepish kerak.
Bundan tashqari, ichki oynani nashatir spirti bilan artish mumkin. Bu oynalarni kir va yog‘dan tozalaydi. Keyin mashinani yaxshi shamollatish kerak, chunki kuchli hid haydash paytida noqulaylik tug‘dirishi mumkin.
Shuningdek, silikon-gel to‘ldirilgan xaltachalar foyda beradi. Bunday xaltachalar yangi sumkalar yoki oyoq kiyim qutilarida bo‘ladi. Ushbu material namlikni o‘ziga singdirib, oynalar parlanishini kamaytirishga yordam beradi. Uni qo‘lqop “bardachok”, yukxona va eshikdagi cho‘ntaklariga joylashtiring. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi