Qon-tomir muammolari butun dunyoda keng tarqalgan surunkali kasalliklar sirasiga kiradi. Varikoz kasalligi nafaqat yestetik jihatdan noqulay va xunuk bo‘lishi, balki jiddiy qon kasalliklari bilan birga kechishi mumkin.
Venalarning varikoz kengayishi dunyodagi barcha ayollarning 20-50 foiz qismida uchraydi. Uni davolashdan ko‘ra oldini olish osonroqdir. Quyida varikoz kasalligiga chalinmaslik va uning oldini olish yo‘llari haqida Milliy tibbiyot markazi Qon-tomir jarrohligi bo‘limi vrachi Yedgar Qodirov taqdim etgan ma’lumotlarni e’tiboringizga haola qilamiz.
Varikozning kelib chiqish sabablari
Genetik jihatdan kasallikka moyillik
Oyoqning pastki qismida tomirlarning bo‘rtib chiqishi, shishib ketishi, ko‘karishi va og‘riqlar paydo bo‘lishi irsiy jihatdan avloddan-avlodga o‘tadigan kasallikdir. Agar yaqin qarindoshlaringizdan biri varikozdan aziyat cheksa, sizda ham ushbu kasallik rivojlanishi yehtimoli bor.
Homiladorlik
Bo‘lajak onaning qon aylanish tizimiga katta yuk tushadi — homilani kerakli ozuqa moddalari va kislorod bilan ta’minlash uchun qon aylanish hajmi 20-30 foizga oshadi. Bachadon kattalashishi hisobiga tos qismidagi tomirlarni yezadi va venalarda qon aylanishi qiyinlashadi. Shuning uchun oyoq tomirlarida varikoz paydo bo‘ladi.
Ortiqcha vazn
To‘qimalarda yog‘ning miqdori oshishi hisobiga vena tomirlari siqilib qoladi va venalarda shishlar paydo bo‘ladi.
Kamharakat hayot tarzi
Kompyuterda har kuni ishlash yoki mashina haydash kabi kamharakat kasblar mushaklarni harakatsiz va zaif qiladi. Natijada qon aylanish tizimida nosozliklar yuzaga keladi va vena kasalliklariga olib keladi.
Inson yoshi
Ulg‘aygan sari qon tomir devorlari va klapanlar ham qariy boshlaydi, susayadi va yelastikligini yo‘qotadi.
Varikoz kasalligining oldini olish choralari
Flebologiya markazi klinikasining bosh shifokori, qon-tomirlar jarrohi Andrey Chupeyev venalarning varikoz kengayishini oldini olish uchun kerakli chora va maslahatlarini aytib o‘tdi.
1-qoida. Kasallikni oldini olish uni davolashdan osonroq
Uzoq vaqt o‘tirish yoki tik turish oyoqlarga faqat statik yuk beradi. Dinamik jismoniy harakat: yugurish, tez yurish, o‘tirib-turish kabilar yesa varikozning oldini olish uchun yeng maqbul yechimdir.
2-qoida. Venalarning varikoz kengayishini o‘z vaqtida aniqlash muhim
Aksariyat insonlar kunning oxirida charchoq, oyoqlarda og‘riq va shish paydo bo‘lishini odatiy hol deb hisoblashadi. Ular bunday “kichik narsalar” ga ye’tibor bermaydi va faqat kasallik jiddiyroq bosqichga o‘tgandagina tashvishlana boshlaydi. Shu sababli o‘z vaqtida flebologga murojaat yetish va kasallikni boshlang‘ich qismida davolash muhimdir.
3-qoida. O‘zboshimchalik bilan varikozni davolash mumkin yemas
Turli gazeta va internet saytlardagi reklamalarga ishonib, shifokor ko‘rsatmasisiz noma’lum preparatlarni qabul qilish orqali qimmatli vaqtingiz bekorga sarf qilasiz. Yaxshisi, kasallikning dastlabki belgilarida flebolog mutaxassis bilan uchrashing va varikoz tomirlari bilan qanday kurashish kerakligi bo‘yicha professional tavsiyalarni oling.
Milliy tibbiyot markazi Matbuot xizmati
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi