
Sirdaryo viloyati IIB YHXB matbuot xizmati tomonidan ma'lumot berildi. Viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan yaroqsiz va foydalanishga yaroqsiz transport vositalarini ro'yxatdan chiqarish bo'yicha tadbirlar o'tkazilmoqda.
Fuqarolarga o'zlari kelib, davlat raqamlarini ro'yxatdan chiqarish tavsiya etilmoqda. Hozirgacha o'nlab eski yengil avtomobillar va yuk mashinalari ro'yxatdan chiqarildi.
Ushbu yo'nalishdagi ishlar davom etmoqda. Mutasaddilar barcha fuqarolarni foydalanilmayotgan davlat raqamlarini va transport vositalarini ro'yxatdan chiqarishga chaqirmoqda.
Buning uchun fuqarolar davlat raqam belgisi, transport vositasining texnik pasporti bilan birga YHXBga murojaat qilishlari va tegishli ariza yozishlari lozim. Ariza ko'rib chiqilgach, avtomobil ichki ishlar organlarining yagona bazasidan chiqariladi va to'liq ro'yxatdan o'chiriladi.
Sirdaryoda eski avtomobillar ro'yxatdan chiqarilmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar