
Milan bosh murabbiyi Massimiliano Allegri A Seriya doirasidagi "Roma"ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi. Mazkur uchrashuvda "Milan" 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning yagona golini 39-daqiqada Straxinya Pavlovich kiritdi. Allegri o‘yin haqida quyidagicha fikr bildirdi: "Dastlabki 35 daqiqada "Roma" hisobda oldinga chiqishga loyiq edi – bunga shubha yo‘q.
Biz deyarli hamma narsani noto‘g‘ri qildik. Muammo "Roma"ning juda yuqori bosimida edi – biz bunga qarshi kurasha olmadik.
Gol urilganidan keyin o‘ynash biroz osonlashdi. Ikkinchi bo‘limda jamoamiz to‘g‘ri kayfiyatda maydonga chiqdi va ustunlikni oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi." "Milan" bu g‘alabadan so‘ng ochkolar borasida "Roma" va "Inter" bilan tenglashib oldi – ularning hisobida 21 ochko mavjud.
Turnir jadvalida esa birinchi o‘rinni 22 ochko bilan "Napoli" egallab turibdi.
Allegri: "Milanning asosiy muammosi nimada edi"
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar