date

Napoli Kobi Mainuni ijaraga olmoqchi

Napoli Kobi Mainuni ijaraga olmoqchi
Manchester Yunayted yarim himoyachisi Kobi Mainu Italiya chempionatiga yoʻl olishi mumkinligi haqida Daily Mirror nashri xabar bermoqda. Manbaga koʻra, 20 yoshli futbolchini Napoli oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda.

Neapolliklar Mainuni qishki transfer oynasida ijaraga olib, keyinchalik sotib olish huquqini qoʻlga kiritish niyatida. Italiya klubi futbolchiga haftasiga 40 ming yevro maosh toʻlashga tayyor.

Yarim himoyachi oʻyin amaliyotini oshirish maqsadida jamoani oʻzgartirishga tayyor ekanligini bildirgan. Joriy mavsumda Kobi Mainu "qizil iblislar" safida sakkizta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq boʻldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Napoli Kobi Mainuni ijaraga olmoqchi