date

Baraka – halol mehnatda, emaski yolg‘on savdoda

Baraka – halol mehnatda, emaski yolg‘on savdoda

Halol mehnat – insonning yuzida nur, qo‘lida baraka, qalbida osoyishtalikdir. Ammo ba’zan ayrimlar oson yo‘l izlab, qonunni va vijdonni bir chetga surib qo‘yishadi. Shunday holat Qamashi tumanida ham sodir bo‘ldi.

Tumanda yashovchi S.Yu. sifatsiz va iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini yelim idishlarda saqlab, uni tarqatishga urinib, qonun talablarini buzdi. Bu esa fuqarolar sog‘ligiga xavf soluvchi, jamiyat ishonchiga putur yetkazuvchi qilmish sifatida baholandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Ko‘kdala tuman sudi mazkur holat yuzasidan ishni ko‘rib chiqib, Yuldashevni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186²-moddasi 1-qismi bo‘yicha aybdor deb topdi. S.Yu.ning qilmishi jinoyat sifatida baholandi, ammo u aybini tan oldi, qilmishidan pushaymon bo‘ldi va qonunning insonparvarlik tamoyili asosida yengilroq jazo — moliyaviy jarima bilan javobgarlikka tortildi.

Sud unga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida – 9 million 375 ming so‘m jarima jazosi tayinladi.

Tayinlangan jarima Byuroning Qamashi tuman bo‘limi tomonidan to‘liq undirildi.

Halol yo‘lda topilgan rizq — bolalarga sog‘lik, oilaga tinchlik, yurakka orom olib keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Baraka – halol mehnatda, emaski yolg‘on savdoda