date

Noqonuniy qurilma bartaraf etildi

Noqonuniy qurilma bartaraf etildi

Qonunchilikka muvofiq, o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalar natijasida huquqlari buzilgan shaxsning yoki tegishli davlat organining da’vosi bilan bunday qurilmalar sudning qaroriga asosan javobgar shaxs tomonidan yoki uning hisobidan buzib tashlanadi.

Kogon tumani “Suxor” MFYda yashovchi fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan yengil konstruksiyali ayvon qurilganligi Kadastr agentligi Kogon tuman bo‘limi tomonidan aniqlanib, sudga da’vo arizasi kiritilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudiing ijro varaqasiga asosan o‘zboshimchalik bilan qurilgan yengil konstruksiyali ayvon binosi javobgar hisobidan bartaraf etilishi belgilangan.

Byuroning Kogon tuman bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida mazkur qurilma bartaraf etildi.

Mazkur tadbirlar davom ettirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Noqonuniy qurilma bartaraf etildi