Samarqandda 2,9 trln so‘mlik soliq qarzdorligi bo‘yicha ijro ishlari o‘tkazildi

Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi organlari tomonidan o‘tgan yil davomida soliq qarzdorligini undirish bilan bog‘liq ijro ishlarini samarali tashkil etish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, hisobot davrida jami 294 ming 714 ta ijro ishi yuritilib, ularning umumiy qiymati 3,9 trln so‘mdan ortiqni tashkil etdi. Amalga oshirilgan ijro tadbirlari natijasida 171 ming 245 ta ijro hujjati bo‘yicha 2,9 trln so‘mga yaqin miqdorda yakuniy qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash natijasida 122 ming 987 ta ijro hujjati bo‘yicha amalda 1,8 trln so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi amalda undirilishiga erishildi.
Qayd etish joizki, ijro ishlarining o‘z vaqtida va qonuniy asosda amalga oshirilishi davlat byudjeti tushumlarini oshirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hamda soliq qarzdorliklarini qisqartirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!