MIB: Elektr tarmoqlari korxonasiga yetkazilgan zarar undirildi

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fuqarodan “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi foydasiga yetkazilgan 41,5 mln. so‘m moddiy zararni undirish to‘g‘risida jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudining ijro hujjati bo‘yicha ijro harakatlari Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan.
Ijro harakatlari davomida mazkur qarzdorlik ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaganligi bois, sud xukmi o‘zgartirilib, qarzdorga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Natijada, qarzdordan 41 mln. 455 ming so‘m yetkazilgan zarar to‘liq undirilib, “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi hisob raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.
Shuningdek, yetkazilgan zararni belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etmagan qarzdordan 2,1 mln. so‘m ijro yig‘imi xam undirilgan. Bu kabi undiruvlar davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!