date

Namanganda pul evaziga yer rasmiylashtirib berishni va’da qilgan mansabdorlar ushlandi

Namanganda pul evaziga yer rasmiylashtirib berishni va’da qilgan mansabdorlar ushlandi

Namangan viloyatida Pop tumani ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari va kadastr mutaxassisi fuqarolarga pul evaziga yer maydonlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgani gumoni bilan qo‘lga olindi.

Birinchi holatda Pop tumanidagi ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi direktorining v.b., avval sudlangan shaxs, o‘rmon xo‘jaligi balansidagi 50 sotix yer maydonini 10 ming dollar evaziga ijaraga rasmiylashtirib berishga kelishgan. U 5 ming dollar avans olayotgan paytda ushlangan.

Ikkinchi epizodda esa shu xo‘jalikning o‘rmonchisi fuqaroga hokimlik zaxirasidan 20 sotix yerni 30 ming dollar evaziga rasmiylashtirib, shuningdek uy-joy va boshqa obyektlar qurilishi uchun ruxsatnomalar olishda ko‘maklashishini aytgan. U 15 ming dollar avansni olayotgan chog‘ida qo‘lga olingan.

Tekshiruvlar davomida olingan pullarning bir qismi Pop tumani Kadastr palatasi filiali mutaxassisiga berilgani aniqlangan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. To‘plangan materiallar prokuraturaga yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Baliqchi tumanida FVB xodimi idoraga ishga kiritib qo‘yish uchun pora talab qilganida qo‘lga tushgani haqida xabar qilingandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda pul evaziga yer rasmiylashtirib berishni va’da qilgan mansabdorlar ushlandi