Iltsyer Verder safarda Xoffenxaymga muammo tugdirishi mumkin

«Xoffenxaym» bosh murabbiyi Kristian Iltsyer «Verder»ga qarshi bo‘ladigan uchrashuv arafasida fikr bildirdi. Ob-havo yomonligi sabab qoldirilgan Bundesliganing 16-tur o‘yini 27-yanvar kuni 00:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis jamoa uchun eng muhim jihat hozir — tetiklik ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, o‘yinlar oralig‘i qisqa va juda tig‘iz, shu bois «Xoffenxaym» safardagi bahsga yuqori energiya bilan chiqish uchun tiklanishga urg‘u bermoqda.
Iltsyer «Verder»ning g‘alabasiz seriyasi borligini bilishini aytdi, biroq bremenliklar ko‘p o‘yinlarda muvaffaqiyatga juda yaqin kelganini eslatdi. Masalan, «Ayntraxt»ga qarshi bahsda, shuningdek, Leverkuzen safarida ham ular statistik ko‘rsatkichlarda ustun bo‘lganini qayd etib, «Verder» noqulay raqib bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Shuningdek, murabbiy futboldagi vaziyat tez o‘zgarishini ta’kidladi: yozda jamoaga berilgan baho bilan hozirgi manzara bir xil emas. Iltsyerning so‘zlariga ko‘ra, «Xoffenxaym» o‘z yo‘lidan izchil bormoqda, lekin o‘tgan shanba kuni ko‘ringanidek, o‘yinga bir necha foiz kamroq e’tibor ham natija uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin.
Hozirda «Xoffenxaym» 36 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. «Verder» esa 18 ochko jamg‘argan holda 15-pog‘onada.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!