Buxoroda ikki qavatli uyda gaz chaqnashi sodir bo‘ldi

Bugun, 31 yanvar kuni soat 08:23 da 112 xizmat tizimi orqali Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi «Tinchlik» mahallasi, «Sho‘robod» ko‘chasida joylashgan ikki qavatli turar joylardan birida gaz-havo aralashmasi chaqnagani haqida xabar kelib tushdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari va boshqa tegishli xizmatlar zudlik bilan yetib borgan. Ayni paytda portlash oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gaz plitasidan foydalanish vaqtida sizib chiqqan gaz sabab chaqnash sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Hodisa natijasida ikki nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan va shifoxonaga olib ketilgan. Vafot etganlar yo‘q.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing