date

Toshkentda soxta kosmetolog er-xotinlar sudlandi va qamaldi

Toshkentda soxta kosmetolog er-xotinlar sudlandi va qamaldi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida soxta kosmetolog er-xotinlar faoliyati barham toptirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, er-xotin “kosmetolog”lar Chilonzor tumanining Archa ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasida yuz terisida jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazib kelgan. Ya’ni ular maxsus ruxsat va qonuniy asoslarsiz, norasmiy sharoitda “amaliyot” qilib, odamlar salomatligini xavf ostiga qo‘ygan.

O‘tkazilgan amaliyotlardan jabrlangan bir qancha ayollar tegishli idoralarga er-xotin ustidan arz- shikoyat qilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Chilonzor tuman sudida er-xotin kosmetologlarga nisbatan jinoiy ish ko‘rib chiqilgan.

Sudda qatnashgan jabrlanuvchi ayolning so‘zlariga ko‘ra, kosmetolog erkak ichgan holatda uning yuzini kesgan. Jarohat chuqur bo‘lgani uchun juda ham ko‘p qon og‘gan. So‘ngra erkak ishni xotiniga tashlab, o‘zi chiqib ketgan. Uning xotini esa lazer bilan kesilgan joyni kuydirishga uringan. Kechqurun boshlangan “operatsiya” ertalabgi soat oltigacha davom etgan. Shundan keyin jabrlanuvchi ayol 5 kun koma holatiga tushib qolgan.

Mazkur holat yuzasidan kosmetolog erga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 2-qismi “b”, “v”, “g” bandlari bilan aybli deb topilib, 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan va sud zalida qamoqqa olingan. Uning xotiniga esa xuddi shu moddalar bilan ayblov qo‘yilib, 3 yil ozodlikdan cheklash jazosi belgilab berilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda soxta kosmetolog er-xotinlar sudlandi va qamaldi