
Fransiya hukumati Telegram asoschisi Pavel Durovga nisbatan qo‘yilgan barcha harakatlanish cheklovlarini bekor qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Avvalroq Durov messenjer orqali jinoyatlar sodir etilishiga ko‘maklashganlikda ayblangandi. 10-noyabr kuni chiqarilgan qarorga ko‘ra, Durovning politsiya bo‘limida muntazam ro‘yxatdan o‘tish majburiyati bekor qilindi.
Bungacha milliarder faqat Dubayga cheklangan ish safarlarini amalga oshirishga ruxsat olgan edi. U barcha ayblovlarni inkor etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Durov o‘tgan yozda Parij aeroportida ushlangan va to‘rt kun davomida so‘roq qilingan edi. Keyinchalik u garov evaziga qo‘yib yuborildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.