date

Havoni ifloslantiruvchilarga qarshi tungi reydlar


Ekologiya vaziri va bosh prokuror o‘rinbosari topshirig‘iga binoan hududlarda havoning sifatini tekshirish uchun maxsus guruhlar faoliyat olib bormoqda. Bu haqda poytaxt ekologiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Inspektorlar tunda havoga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan ishlab chiqarish korxonalari va manbalarni aniqlashmoqda. 17-noyabr kuni Zangiota tumanining “Boston” mahallasida tekshiruv o‘tkazildi.

18-noyabr kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida havo sifati AQI 115 indeksi bilan sezgir guruhlar uchun zararli darajada baholandi. Havoni ifloslantiruvchi asosiy omil PM2.5 zarrachalari bo‘lib, ularning konsentratsiyasi 41,0 mkg/m³ ga yetgani qayd etildi.

Braziliyada bo‘lib o‘tgan yirik konferensiyada O‘zbekiston ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov 2035-yilga borib issiqxona gazlari chiqindisini ikki barobar kamaytirish maqsadini e’lon qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Havoni ifloslantiruvchilarga qarshi tungi reydlar