
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra, sobiq Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Milliy ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Shuningdek, u davlat rahbari maslahatchisi lavozimida ekologiya masalalari bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Abduhakimov 2023 yilning oktabr oyidan noyabr o‘rtalariga qadar Ekologiya vazirligini boshqargan edi. Bungacha u Tabiiy resurslar vazirligi rahbari bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 19 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Ekologiya vazirligi negizida Ekologiya qo‘mitasini tashkil etish bo‘yicha farmonni imzoladi. Yangi tashkilot atrof-muhitni himoya qilish va mamlakatni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha turli loyihalarni amalga oshiradi.
Qo‘mita qoshida ekologik politsiya ham tashkil etiladi. Shu bilan birga, ilgari Ekologiya vazirligi tarkibida bo‘lgan Turizm qo‘mitasi alohida mustaqil tashkilotga aylantirildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.