date

Guliston shahriga yangi hokim tayinlandi

Guliston shahriga yangi hokim tayinlandi
Guliston shahrining yangi hokimi etib Farrux Uktamjonov tayinlandi. Uning lavozimga tayinlanishi shahar Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tasdiqlandi.

Farrux Uktamjonov tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. U bu lavozimda Jamoliddin Xojimanov o‘rnini egalladi.

Sessiya davomida shaharni rivojlantirishdagi muhim masalalar ham muhokama qilindi. Xususan, qashshoqlikni kamaytirish, aholining bandligini ta’minlash, investitsiyalarni jalb qilish va eksportni rivojlantirish borasida shahar orqada qolayotgani ta’kidlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Guliston shahriga yangi hokim tayinlandi