
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Terminologiya komissiyasi bir qator xorijiy so‘zlarni o‘zbekcha ekvivalentlarga almashtirish takliflarini ko‘rib chiqqan. Akademiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mahalliy muqobillar "blokcheyn", "rilz", "vertolyot", "brend", "kriptovalyuta" va boshqa so‘zlar uchun taklif etilgan.
Ish jarayonida jamoatchilik takliflari, Komissiyaga yuborilgan tavsiyalar, shuningdek, Akademiyaning soha mutaxassislari va tegishli idoralarining mulohazalari o‘rganilgan. Har bir atama uchun o‘zbekcha ekvivalent tanlangan bo‘lib, ular mutaxassislar fikricha, asl so‘zning ma’nosini aniqroq ifodalaydi va rasmiy hujjatlar, ommaviy axborot vositalari hamda kundalik nutqda qo‘llanilishi mumkin.
Masalan, "blokcheyn" so‘zi uchun "zanjirblok", "rilz" ("reels") uchun "qisqa video" yoki "qisqa lavha", "vertolyot" uchun "tikuchar", "brend" uchun "xosnom", "kriptovalyuta" uchun esa "kriptopul" atamalari taklif etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.