
2025 yil 5 dekabr kuni Mortal Kombat filmi yulduzi Keri-Xiroyuki Tagava 75 yoshida Santa-Barbarada vafot etdi. Variety nashrining xabariga ko‘ra, uning o‘limiga yaqinda kechgan insultdan keyingi asoratlar sabab bo‘lgan.
O‘z faoliyati davomida Tagava o‘nlab filmlar va seriallarda suratga tushgan, ko‘pincha xarizmatik antagonist rollarini ijro etgan. Televizion loyihalar orasida u Amazon tomonidan suratga olingan "Baland qal'adagi odam" serialida asosiy rollardan birini ijro etgan.
Tagava 1995 yilgi Mortal Kombat filmi birinchi ekranlashtirilishida yovuz sehrgar Shang Tsung obrazi orqali keng shuhrat qozongan. U 2019 yilda chiqarilgan videoo‘yinda ushbu qahramonning ovozi va tashqi ko‘rinishini taqdim etib, obrazga qaytgan edi.
Aktorning menejeri Margi Vayner uni "kam uchraydigan inson, saxiy va o‘z ishiga sodiq shaxs" deb ta’rifladi. Garchi Tagava ko‘pincha yovuz rollarni ijro etgan bo‘lsa-da, u bu rollarni kinoda o‘z yo‘lini ochish imkoniyati sifatida baholagan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.