
Ipoteka bank OTP Group xalqaro The Banker nashri tomonidan "O‘zbekistonda 2025 yilning banki" deb e’tirof etildi. Ushbu mukofot moliya sohasida eng nufuzli sovrinlardan biri hisoblanib, har yili moliyaviy barqarorlik, texnologik rivojlanish va jamiyat taraqqiyotiga sezilarli hissa qo‘shgan banklarga topshiriladi.
"Mazkur mukofot Ipoteka bank OTP Group’ning transformatsiya jarayonidagi yutuqlarini tasdiqlaydi. O‘tgan yilda biz asosiy jarayonlarni mustahkamlab, mijozlar tajribasini yaxshilashga erishdik va raqamli hamda operatsion mukammallik uchun mustahkam poydevor yaratdik.
"Yil banki" mukofoti bizning jamoamizning professionalligini va OTP Group qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlaydi. Bu bizga zamonaviy va kelajakka yo‘naltirilgan bankni O‘zbekistonda barpo etishda ishonch baxsh etadi", — deya ta’kidladi Ipoteka bank OTP Group bosh direktori Sandro Rtveladze.
The Banker nashri Ipoteka bank OTP Group transformatsiyasida uchta asosiy yo‘nalishdagi muvaffaqiyatlarni qayd etdi:
— chakana biznes sifatini oshirish;
— korporativ bank xizmatlarini modernizatsiya qilish;
— raqamli infratuzilmani rivojlantirish.
Ipoteka bank OTP Group mamlakatda bank sug‘urtasi xizmatlarini taklif qilgan ilk bank bo‘ldi.
2024 yil noyabr oyida ishga tushirilgan kreditlarni sug‘urtalash bo‘yicha dastlabki mahsulot orqali 152,6 milliard so‘mlik mikrokreditlar ajratilib, mijozlarning 62 foizi sug‘urta xizmatidan foydalandi. Shuningdek, bankning texnologik infratuzilmasini keng miqyosda yangilash ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Ipoteka bank OTP Group yangi asosiy ma’lumotlar markazini ishga tushirdi, zamonaviy ma’lumotlar omborini joriy etdi va asosiy bank tizimini yangilash loyihasini boshladi. Bundan avvalroq, Ipoteka bank OTP Group 2025 yilning to‘qqiz oyi uchun moliyaviy natijalarini e’lon qilgan edi.
Bankning sof foydasi 1,195 trillion so‘mni tashkil qilib, kapital rentabellik ko‘rsatkichi (ROE) 20,4 foizga yetdi. Bu esa bankning foydalilik ko‘rsatkichlari va transformatsiya strategiyasini samarali amalga oshirishdagi muvaffaqiyatlarini aks ettiradi.
Bank of the Year mukofoti Financial Times guruhiga kiruvchi The Banker jurnalining yetakchi xalqaro mukofotlaridan biri hisoblanadi. Har yili 120 dan ortiq mamlakat banklari moliyaviy natijalar, rivojlanish strategiyasi, innovatsiyalar va ijtimoiy tashabbuslar asosida baholanadi.
The Banker mukofoti bankning mamlakat yoki mintaqadagi yetakchilik pozitsiyasini tasdiqlovchi ko‘rsatkichlardan biri.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.