date

Jizzaxda Nexia-3 haydovchisi halok bo‘ldi

Jizzaxda Nexia-3 haydovchisi halok bo‘ldi
9-dekabr kuni soat taxminan 05:10 da Jizzax shahrining "Xayrobod" mahallasida Nexia-3 avtomobilini boshqarayotgan 19 yoshli yigit halok bo‘ldi. Bu haqda Qalampir.uz Jizzax viloyati IIB YHXBga tayanib xabar berdi.

Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. To‘qnashuv oqibatida yigit og‘ir tan jarohatlari olgan.

Jabrlanuvchi zudlik bilan Jizzax viloyati tez tibbiy yordam markazining jonlantirish bo‘limiga olib borilgan, biroq u yerda vafot etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda Nexia-3 haydovchisi halok bo‘ldi