
O‘zbekistonda avtomobil gaz to‘ldirish stansiyalari faoliyati vaqtincha cheklab qo‘yildi. Bunga qo‘shni davlatdagi muammolar tufayli yuzaga kelgan gaz taqchilligi sabab bo‘ldi.
Ushbu vaziyat yuzasidan energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov izoh berdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, avariya tufayli har kuni tizimga taxminan 6 million kub metr gaz yetkazib berilmayapti.
Cheklovlar gaz ta’minotini avvalo xonadonlar, ijtimoiy obyektlar va issiqlik elektr stansiyalari uchun ta’minlash maqsadida, ayniqsa, cho‘qqi soatlarda joriy etilmoqda.
Eng murakkab vaziyat Farg‘ona vodiysida kuzatilmoqda, bu yerda bosim eng past darajada saqlanmoqda.
Muammoni hal qilish maqsadida qo‘shni davlatning gaz infratuzilmasidagi bo‘sh quvvatlardan foydalanilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.