date

O‘zbekistonning Nepaldagi birinchi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Nepaldagi birinchi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning Nepalda rezidensiyasi Dehli shahrida joylashgan birinchi elchisi Sardor Rustambayev prezident Ramchandra Paudelga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Uchrashuv davomida tomonlar savdo, iqtisodiyot, gidroenergetika, turizm va ta’lim sohalarida hamkorlikni muhokama qilishdi. Shuningdek, xalqaro maydonlardagi hamkorlik, jumladan iqlim o‘zgarishi va tog‘li hududlarning ekologiyasi masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar 2018 yilda o‘rnatilgan. Avvalroq Rustambayev O‘zbekistonning Fransiya va Portugaliyadagi elchisi bo‘lgan.

U 2000 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonning Nepaldagi birinchi elchisi tayinlandi