Navoiy viloyatida quyonchilikni rivojlantirish, naslchilik ishlarini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishda ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli agrofirmalar tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Karmana tumanidagi “Qo‘rg‘on dala” agrofirmasida Italiyadan keltirilgan naslli oq velikan zotli quyonlar parvarishlanmoqda. Bu haqda Kun nashr yozmoqda.
– O‘tgan yili may oyida tashkil etilgan xo‘jaligimizga dastlab 104 zotdor quyon keltirilgan edi, – deydi agrofirma rahbari Alisher Qobilov. – Shu qisqa vaqtda ular soni 2 mingga etdi. Har bir quyon kamida 15 kilogrammgacha tosh bosadi.
Izlanuvchan fermer naslli quyonlarni parvarishlash sirini qisqa fursatda o‘zlashtirdi. Xona harorati mo‘’tadilligini ta’minlab, vaqti-vaqti bilan havosini almashtirdi. Kichik laboratoriya tashkil etib, quyonlarni sun’iy urchitishni yo‘lga qo‘ydi. Agrofirma rahbarining ta’kidlashicha, quyonlar 28 kunda 15 tagacha bolalaydi.
Quyonlar olinadigan mahsulotga qarab ikki guruhga ajratiladi – go‘sht uchun, terisi uchun. Go‘shtining biologik qiymati, yumshoqligi, yog‘ va xolesterin moddasi kamligi hisobga olinib, tibbiyotda allergiya, gipertoniya, oshqozon-ichak, me’da, o‘t-pufak, jigar kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Quyon momig‘idan tayyorlangan ashyolar davolovchi xususiyatga ega bo‘lib, nevrologiya, radikulit bilan og‘rigan bemorlarga tavsiya etiladi. Quyon momig‘i issiqni saqlash xususiyatiga ko‘ra qo‘y junidan 10 barobar afzaldir.
“Mikrokreditbank”ning viloyat filialidan olingan 250 million so‘m imtiyozli kredit hisobidan ish boshlagan tadbirkor endilikda quyonlar sonini 50 mingtaga etkazib, xorijdan quyon go‘shtini qadoqlash texnologiyasi keltirishni mo‘ljallamoqda, terisini eksport qilishni rejalashtirayotir. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi