date

ToshDUda Nazariy fizika instituti tashkil etiladi

ToshDUda Nazariy fizika instituti tashkil etiladi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika instituti tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorida qayd etilgan.

Institut nazariy fizika sohasida fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Xususan, kvant maydon nazariyasi, subatom va noaniq fizika, tortishish nazariyasi, kvant tarmoqlari hamda dinamika tizimlariga bag‘ishlangan ilmiy konferensiyalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, institutning muhim vazifalaridan biri yosh mutaxassislarni tayyorlash bo‘ladi. Institut oliy o‘quv yurtlariga iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy faoliyatga jalb qilishda yordam beradi hamda yangi avlod nazariyotchi fiziklarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, institut rivojlangan davlatlarda fizika sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar va tadqiqotlar istiqbollari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash bilan ham shug‘ullanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » ToshDUda Nazariy fizika instituti tashkil etiladi